Kuzgi tushkunlik sabablari va undan chiqish usullaridan xabardormisiz?

  • 17:26 / 01.09.2019
  • 459

Kuz ostonasidamiz. Ko‘pchilikning tasavvurida kuz fasli tushkunlik, horg‘inlik, lanjlik, qayg‘u bilan bog‘liqday tuyuladi. Bu bejizga emas. Depressiyaning kuz mavsumi bilan bog‘liq bo‘lishi psixologlar tomonidan ham ta‘kidlanadi. 

Kuzgi tushkunlikka odatda havoning sovushi hamda tunlarning uzayib, kunlarning qisqarishi sabab sifatida ko‘rstiladi. Ammo faqat ikkinchi sababgina hozircha ilmiy  isbotlangan. Shuning uchun kuzda kun tartibingizga yorug‘likda ko‘proq bo‘lish hamda  ko‘proq faol bo‘lishni kiritganingiz maqul. 

Turli mamlakatlar aholisining 10 foizi kuz-qish mavsumida tushkunlikni his qiladi, ertalablari odatdagidan ko‘ra uyg‘onishlari qiyin bo‘ladi, kunduzi uyqisi kelib yuradi, g‘amgin bo‘ladi, arzimas narsalarga ham tutaqib ketadi, hech narsa yoqmaydi va doim nimadir yegisi kelaveradi. Avvallari kuzgi tushkunlik deb atalgan holat bugun mavsumiy affektiv buzilish yoki qishki depressiya deb ataladi. 

Картинки по запросу Как победить осеннюю хандру?

“Mavsumlar almashinuvini avvalambor ko‘zlarimiz bilan sezamiz, - deya qayd etadi psixiatr Pavel Alfimov. – Kuzda ko‘z pardasiga tushadigan yorug‘lik miqdori kamayadi, pardadan esa gipotalamusdagi supraxiazmal yadroga – biologik ritmlarning bosh generatoriga boradigan yo‘l bor. Bu yadro uyqu gormoni – melatonin ajralib chiqishini boshqaradi, organizmning “biologik soatlari”i faoliyatini me‘yorlashtirib turadi. Yilning qorong‘u oylarida melatonin ortiqcha ishlab chiqariladi va shu sababdan kunduzi ham o‘zimizni lanj va horg‘in his qilamiz. 

Aynan kunduzi zarur bo‘lgan va kayfiyat barqarorligi uchun javob beradigan “quvonch gormoni” – serotonin esa ancha kam ishlab chiqariladi. 
Shunday qilib, mamlakatlar ekvator chizig‘idan qanchalik uzoqda bo‘lsa – mavsumiy affektiv buzilish ehtimoli shunchalik ko‘p bo‘ladi. 

Faslga bog‘liq tushkunlik mutaxassis yordamini talab qiladigan darajada xavfli emas, ammo buu holat ishlashimizga va ish faoliyatimizga salbiy ta’sir qila boshlasa, buni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. 

Картинки по запросу Как победить осеннюю хандру

Xo’sh, qanday qilib kuzgi tushkunlikdan chiqish mumkin?
1.  Yorug‘likni ko‘paytiring.  Iloji boricha kunduzi toza havoda ko‘proq sayr qiling. Agar bunday imkoniyatingiz bo‘lmasa, har ertalab 30-60 daqiqa davomida kunduzgi yorug‘likdagi  lampani yoqib qo’ying. 
2.  Vitamin D va melatonin qabul qiling. Teri ham quyosh nurlarini yutadi va ularning ta‘sirida organizmda D vitamini shakllanadi, bu vitamin antidepressant vazifasini bajaradi hamda uyqu buzilishlarida yordam beradi. Ultrabinafsha tanqisligida uning manbasi – baliqning yog‘li navlari va tarkibida D vitamin mavjud bo‘lgan ozuqaviy qo‘shimchalar. Buzilgan biologik ritmlarni boshqarish uchun melatonin preparatlari yordam beradi, ammo ularni shifokor maslahatidan so‘ng qabul qilish mumkin. 
3.  Harakatda bo‘ling. Kuniga  hech bo‘lmasa 30 daqiqani aerobik mashqlarga – velosipedda sayr qilish, yugurish, suzish, raqs kabilarga ajrating. Harakatda bo‘lish organizmni kislorodga to‘yintiradi va umumiy tonusni oshiradi.