Toshkent mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha Jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslari ortda qoldi. Kun doirasida 3 nafar oʻzbekistonlik bokschi ringga koʻtarilib, ularning barchasi gʻalabaga erishdi.
Dastlab, -63,5 kg vazn toifasida harakat qiladigan Ruslan Abdullayev Puerto-Riko vakili Manuel Febusga qarshi bahs olib borib, 5:0 hisobida zafar quchdi.
-86 kg vazn toifasida esa Shohjahon Abdullayev dastlabki bosqichdagi jangini Qirgʻiziston vakili Erkin Adilbek Uuluga qarshi jang oʻtkazib, u ham gʻalaba qozondi.
Shuningdek, -80 kg vazn toifasida Jasurbek Yoʻldoshev jazoirlik Yunus Nemouchiga qarshi ringga chiqdi. Raqibiga imkon qoldirmagan Jasurbek gʻalaba bilan keyingi bosqichga yoʻl oldi.
Oʻz navbatida, bugun JChning 3-kunida quyidagi 2 nafar vakilimiz oʻz janglarini oʻtkazadi:
-71 kg: Saidjamshid Jafarov – Osorio Muxanga (Mozambik) (16:10 dan soʻng)
-60 kg: Mujibillo Tursunov – Merri Kor (Gambiya) (18:25 dan soʻng)
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!