$
12108.24 UZS
-52.75
149.10 UZS
-4.82
14169.06 UZS
-9.44
31° Kechasi 18°

Bitimni bekor qilish va deportatsiya: qonunlarni pisand qilmayotgan Ronaldu Saudiyadan haydaladi(mi?)

15:13 / 24.04.2023

Har doim diqqat markazida boʻlishni xush koʻruvchi portugaliyalik yulduz yana bir mojaro sababchisiga aylanib qoldi. Tobora paymonasi toʻlib borayotgan saudiyaliklar Ronalduga shahar bedarvoza emasligini koʻrsatib qoʻyishmoqchi. Uning futbol olamida qanday mavqega egaligi va Saudiyaga kelishi uchun unga qancha pul toʻlangani muxlislarni qiziqtirayotgani yoʻq.

Hammasi nimadan boshlandi?

Ko‘plab futbol ishqibozlarining e’tibori Chempionlar ligasi chorak final bosqichidan o‘rin olgan “Real” – “Chelsi”, “Milan” – “Inter” uchrashuvlariga qarab turgan bir paytda Saudiya Arabistonida ham markaziy bellashuv bo‘lib o‘tdi. Chempionatning 24-turi doirasida mamlakatning ikki nomdor, sovrinlar uchun da’vogarlik qilayotgan klublari “Al-Nassr” va “Al-Hilol” o‘zaro bahs olib bordi. Ushbu qarama-qarshilikda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchishdi. Odion Igalo kiritgan 2 ta gol “Al-Hilol”ga g‘alaba taqdim etdi. Ammo asosiy voqelik bu emas. Jamoatchilik e’tiborini tortgan narsa tinib-tinchimas Ronaldu va muxlislar bilan yuz bergan hodisa.

Gap shundaki, Saudiya Arabistoni o‘ziga xos xulq-atvor qoidalari va qonunlariga ega bo‘lgan islomiy davlatdir. “Al-Nassr”ning eng ko‘p maosh oluvchi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bu me’yorlarni pisand qilmayotgan ko‘rinadi. O‘yinning tanaffus vaqtida mehmonlar muxlislari hujumchiga bosim o‘tkazishga urinishdi va uning prinsipial raqibi Messining ismini aytib, baqirishdi. O‘z navbatida, Ronaldu bunga o‘ta axloqsizlik bilan javob qaytardi. Hammasi shundan so‘ng boshlandi. Bu voqea mahalliy gazetalarning sarlavhalariga aylandi (bu harakat “axloqsizlik”, “sharmandali” va “mojaroli” deb ta’riflandi) va qirollikdagi eng mashhur sport dasturi “Action ya Dawri”da bir necha soat davomida yoritib borildi.

Ronaldu jinoyatchi(mi)?

Video ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgach, advokat Nouf bin Ahmad Saudiya prokuraturasiga shikoyat qilishini aytdi. “Ronalduning xatti-harakati jinoyat, omma oldida shov-shuvli harakat va agar xorijlik tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, hibsga olish va deportatsiya qilishni talab qiluvchi jinoyatlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun biz prokuraturaga ariza beramiz”, – deb yozdi u. Bundan tashqari, Nuf bin Ahmad Saudiya Arabistoni tartib-intizom va axloq qo‘mitasiga Ronalduga nisbatan tenglik va qonun qo‘llanilishini so‘rab murojaat qilishini ma’lum qilgan. Xuddi 2007/2008-yilgi mavsumda “Al-Ittihod” futbolchisi Alhasan Keyta bilan bo‘lgani kabi. O‘shanda Keyta maydondan chetlatiladi, shuning alamidan yo boshqa sababmi, futbolchi hakamga tupuradi.

Saudiya Arabistoni Futbol Assotsiatsiyasining Yoshlar ishlari bo‘yicha Bosh prezidenti va Oliy hazratlari shahzoda Sulton bin Fahd bin Abdulaziz esa Saudiya Arabistoni Futbol Assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi va Professional qo‘mitasini futbolchining shartnomasini bekor qilish va mamlakatdagi boshqa klublar bilan shartnoma imzolashni taqiqlash bo‘yicha tavsiyalarini ma’qullashga qaror qilgan edi. Ammo Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi (SAFF) intizom va etika qo‘mitasi portugaliyalik hujumchining axloqsiz harakati uchun jazo choralarini qo‘llamadi. Yirik nashrlar yulduzning ishi ko‘rib chiqilayotgan paytda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videolar emas, balki faqat o‘yinning rasmiy translyatsiyasi paytidagi tasvirlar ko‘rilgani uchun jazodan qutulib qolganini ta’kidlayapti.

Gap faqat Ronalduda emas-da

“Haydalish” haqidagi gap-so‘zlar faqat Ronalduning o‘ziga bog‘liq emas. Yaqinda mamlakatdagi Ronaldular oilasi mahalliy urf-odatlarni buzish bilan bog‘liq janjalga tushib qolgan edi. 2019-yilda “Odob to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan bo‘lib, unda ayollar, jumladan, chet elliklarning oyoqlari ochiq holda kiyinib ko‘chaga chiqishlari taqiqlanadi. Jorjina Rodriges esa bu qoidani buzgan, lekin bu hol birinchi marta kuzatilgani uchun model kechirilgan. OAVda kasbi va faoliyati sabab uning bunday taqiqlar bo‘lgan mamlakatda emin-erkin yashashi qiyinligini ko‘p ta’kidlanyapti. Qirollik qonunlariga ko‘ra, mamlakatda uylanmagan erkak va turmushga chiqmagan ayolning birga yashashi taqiqlangan. Aynan Ronaldu kelganidan keyin bunga ko‘z yumilgani yoxud bu qonun o‘zgartirilgani haqida ortiqcha so‘z yuritishning hojati yo‘q.

G‘azab otiga mingan muxlislar

“Al-Nassr” vaziyatni yumshatishga harakat qilib, quyidagicha izoh bergan: “Ronaldu jarohat olgan. “Al-Hilol” futbolchisi Gustavo Kuelyar uni juda nozik joyiga urgan. Bu tasdiqlangan ma’lumotdir”.
Lekin ma’lum bo‘lishicha, bu bayonotdan ko‘pchilikni ko‘ngli to‘lmagan. Natijada, saudiyalik muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda nafaqat portugaliyalik futbolchi bilan shartnomani bekor qilishga, balki uni mamlakatdan deportatsiya qilishga ham chaqirishmoqda. Uning futbol olamida qanday mavqeyga egaligi va Saudiyaga kelishi uchun unga qancha pul to‘langani muxlislarni qiziqtirayotgani yo‘q. Ular hatto diniy politsiyasi bor mamlakatda futbolchining bunday xatti-harakatlaridan g‘azablanishmoqda.

Shu bilan birga Ronalduni jazolamaslik haqidagi qo‘mita qaroridan hayratda, chunki huquqbuzarlik sodir etib, mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan Keyta misoli ularga Krishtianuni ayblash uchun asos bo‘lib turibdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi ikkinchi toifa muxlislar esa yulduzning barcha odobsizligiga qaramay, mamlakatda odamlarni shunga o‘xshash harakatlar uchun taqiqlagan davr o‘tmishda ekanligini iddao qilyapti. Xullas, “Ronalduga tegib bo‘lmaydi”, “Ronaldu xohlaganini qila oladi”, “U hamma narsada daxlsiz bo‘lish immunitetiga ega, chunki bu uning shartnomasi bandlaridan biri” kabi fikrlar bilan muxlislar o‘zaro bahslashishmoqda. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, Ronalduning Saudiyadagi taqdiri qanday kechishi borasida yakuniy xulosa chiqarishga hozircha erta.

Dadajon Fozilov tayyorladi



														
														Six Kings Slam. Finalda Karlos Alkarasdan ustun kelgan Yannik Sinner 6 mln dollar ishlab oldi

Six Kings Slam. Finalda Karlos Alkarasdan ustun kelgan Yannik Sinner 6 mln dollar ishlab oldi

Ar-Riyodda tennis bo‘yicha Top-10 raketka ustalari ishtirokidagi turnir yakunlandi.
11:17 / 19.10.2025

														
														O‘zbekistonlik 17 yoshli futbolchi “The Guardian” nashrida e’tirof etildi

O‘zbekistonlik 17 yoshli futbolchi “The Guardian” nashrida e’tirof etildi

Bu ro‘yxatdan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi a’zosi Sadriddin Hasanov ham o‘rin egalladi.
15:52 / 15.10.2025

														
														Konor Makgregor 1,5 yilga UFC’dan chetlatildi

Konor Makgregor 1,5 yilga UFC’dan chetlatildi

irlandiyalik “shoumen” 2026-yil 20-martdan keyingina oktagonga qayta olishi mumkin bo‘ladi.
13:56 / 08.10.2025

														
														Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘rayev JChda bitta vaznda ishtirok etadi

Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘rayev JChda bitta vaznda ishtirok etadi

Mazkur vazn toifasidagi bahslar 10-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
09:14 / 30.09.2025

														
														Habib Nurmagomedov otasini ser Aleks Fergyuson bilan taqqosladi

Habib Nurmagomedov otasini ser Aleks Fergyuson bilan taqqosladi

UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov o‘z otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedovni afsonaviy futbol murabbiyi ser Aleks…
16:41 / 28.09.2025

														
														XOQ Rossiya va Belarusning 2026-yilgi Olimpiadadagi ishtirokini chekladi

XOQ Rossiya va Belarusning 2026-yilgi Olimpiadadagi ishtirokini chekladi

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi ushbu mamlakatlar 2026-yilgi Olimpiadada neytral maqomda ishtirok etishni e’lon qildi.
12:13 / 20.09.2025

														
														FIFA reytingida O‘zbekiston yuqoriladi

FIFA reytingida O‘zbekiston yuqoriladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun ham ijobiy yangilik bor: jamoa bir pog‘ona yuqorilab, 54-o‘rinni egalladi.
16:35 / 18.09.2025

														
														Alkaras Sinnerni mag‘lub etib, US Open chempioni bo‘ldi

Alkaras Sinnerni mag‘lub etib, US Open chempioni bo‘ldi

Shuningdek, u italiyalik hamkasbidan ATP reytingidagi karvonboshilikni ham tortib oldi.
15:37 / 08.09.2025

														
														Tennis. US Open yarim finalida Alkaras Jokovichdan ustun keldi

Tennis. US Open yarim finalida Alkaras Jokovichdan ustun keldi

Ispaniyalik tennischi finalda Yannik Sinner bilan to‘qnashadi.
11:40 / 06.09.2025

Bu ham qiziq

Eron endilikda yadroviy dastur bo‘yicha erkinligini bildirdi

Eron endilikda yadroviy dastur bo‘yicha erkinligini bildirdi

Eron Tashqi ishlar vazirligi bayonotida qayd etilishicha, 2015-yilda imzolangan “yadroviy kelishuv”ning 10-yillik muddati tu…
16:29 / 18.10.2025
Putin Ukrainadan Donbassni topshirishini talab qilmoqda

Putin Ukrainadan Donbassni topshirishini talab qilmoqda

Rossiya rahbari Tramp bilan suhbat chog‘ida yana shu mavzuda so‘z ochgan
10:21 / 19.10.2025
AQShning yirik shaharlarida Tramp siyosatiga qarshi “No Kings” harakati tomonidan ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda

AQShning yirik shaharlarida Tramp siyosatiga qarshi “No Kings” harakati tomonidan ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda

Xabar berilishicha, yirik norozilik aksiyalari Vashingtonda bo‘lib o‘tdi, bu yerda namoyishchilar Kapitoliy binosi oldida to…
08:29 / 19.10.2025
Tramp AQSh tomon yo‘l olgan “giyohvand moddalar tashuvchi suvosti kemasini” yo‘q qilinganini ma’lum qildi

Tramp AQSh tomon yo‘l olgan “giyohvand moddalar tashuvchi suvosti kemasini” yo‘q qilinganini ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, kema bortida “to‘rt nafar mashhur narkoterrorist” bo‘lgan.
16:00 / 19.10.2025
O‘zbekistonda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi eng yuqori hudud qaysi?

O‘zbekistonda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi eng yuqori hudud qaysi?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar-avgust oylari yakuniga ko‘ra aholi jon boshiga ko‘rsatilga…
13:12 / 19.10.2025
Qamchiq dovonida xandaqqa tushib ketgan avtomashina va uning haydovchisi chiqarib olindi

Qamchiq dovonida xandaqqa tushib ketgan avtomashina va uning haydovchisi chiqarib olindi

Xabarga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
13:09 / 18.10.2025
Yangi hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?

Yangi hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?

“O‘zgidromet” 20–23-oktyabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
09:27 / 19.10.2025
Pokiston va Afg‘oniston o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

Pokiston va Afg‘oniston o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

“Afg‘onistonda hokimiyat tepasida bo‘lgan “Tolibon” va Pokiston hukumati vakillari Qatar va Turkiya vositachiligida Dohada o…
12:48 / 19.10.2025
AQShda Tramp siyosatiga qarshi namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi

AQShda Tramp siyosatiga qarshi namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi

Xabarlarga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab Tramp ma’muriyatining siyosatidan norozi fuqarolar politsiyachilarga pirotexnika vo…
14:36 / 19.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!