LEGO'dan foydalanishning 24 ta ijodkorona usuli

  • 09:16 / 06.02.2015
  • 5121

LEGO dunyoda eng keng tarqalgan, zamonamiz bolalari umrida, albatta, o‘ynab ko‘rgan o‘yinchoqlardan hisoblanadi. Mazkur plastik konstruklar bir necha o‘n yildan beri bolalarga ilhom bag‘ishlab, ularning ijodkorona fikr yuritishiga o‘z hissasini qo‘shib keladi. Uni o‘zining sevimli o‘yinchoqlari safida ko‘radigan kichkintoylar kelajakda me'mor, ixtirochi, muhandis va boshqa shu kabi ko‘plab ajoyib kasblarni egallashni orzu qiladi.

Daniyaning Billund shahrida o‘zining mahorat dasrlarida Ole Kirk Kristiansen o‘zining "LeGO" nomli ushbu ixtirosini taqdim etadi. 1949 yilda esa zamonaviy o‘yinchoqlar sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshlaydi. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, shu kungacha 560 million dona lego donachalari ishlab chiqarilgan ekan. Bu degani, butun sayyoramizdagi har bir kishi boshiga kamida 62 ta g‘ishtcha to‘g‘ri keladi! Dunyo bo‘ylab LEGO'ga bag‘ishlangan oltita tematik hiyobon mavjud. Uning dovrug‘i kinolar, videoo‘yinlar, sport musobaqalari va boshqa bolalar uchun mo‘ljallangan aksiyalarda jaranglamay qolmaydi. LEGO donalari hatto fazoda ham bor. 2011 yilning mayida 13ta lego chelaklari fazogirlar bilan koinotga uchirilgan edi. Fazogirlar uni mikrogravitatsiyani tekshirish uchun olib olishgan ekan. 

LEGO bo‘lakchalaridan nafaqat bolalar, balki kattalar ham turlicha ijod qilishga urinishadi. Uyingizda qiziqarli o‘zgarishlar qilishni xohlasangiz, farzandingizga matematikani o‘qiting va buyumlar yasashga ilhomlantiring. Biz esa sizga quyida 24 ta ajabtovur g‘oyani taqdim etamiz. 

1. Devorlarni yasashning oson va qiziqarli yo‘li

2. Ijdkorona o‘ylangan va rang-barang interer dizayn

3. O‘yinchoqlar bolalarga matematikani o‘rganishga yordam berishi mumkin

4. Haqiqiy uy

5. Jonivorlar uchun protezlar

6. Nihoyatda oddiy kalit ilgich

7. Telefon uchun qoyilmaqom taglik

8. Oshxonada pichoqlar qo‘yish uchun qurilma

9. Kompyuter keysini yasatishning bir yo‘li

10. Maxsus kiyinish uchun g‘alatiroq ammo original aksessuar

11. LEGO bilan bezatilgan kayfiyatni ko‘taruchi chiroq 

12. Uy hayvonlari uchun yangi uya va ovunchoqlar

13. Uncha qulay bo‘lmagan divan yoki stol

14. Sovg‘a qutisi

15. Haqiqatan zamonaviy buyumlar 

16. Hech qachon so‘lmaydigan gullar

17. Gullar uchun bejirim tuvak

18. G‘aroyib kitob tutgichlar

19. Bolalar yotoqxonasi uchun chiroyli ko‘zgu yoki surat uchun ramka

20. Taqinchoq ham yasashingiz mumkin.

21. Tish shyotkalari uchun LEGO'dan maxsus

22, Kitob javoni uchun bezak

23. Bolalarning ziyofatlarida ro‘molcha qayerda turadi?

24. LEGO bilan vaqtni boshqaring. 

Farzandingiz yoki jiyanlaringiz bilan nima o‘yin o‘ynashni endi bildingizmi? Ularga yaratuvchanlikni o‘rgataylik. Ajabmas, kelajakda ular o‘zimizda ko‘payadigan katta inshootlarning arxitektorlari, muxandislari yoki dizaynerlari bo‘lishsa!

Teglar