Lenovo kompaniyasi yangi smartfonini taqdim qildi

  • 17:47 / 09.11.2016
  • 4892

Mobil elektronika bozorida bosqichma-bosqich rivojlanishga qaror qilgan Lenovo kompaniyasi yangi smartfoni – Moto M’ni taqdim qildi. 

Smartfon metalldan ishlangan korpus, 8 yadroli Helio P15 protsessori va Mali-T860 grafik tezlashtirgichi, 4 Gb tezkor xotira, microSD xotira kartalari hisobiga oshirilishi mumkin bo‘lgan 32 Gb li doimiy xotira bilan jihozlangan.  

Korpus ichiga suv va changning tushishidan himoya va barmoq izlari skaneri alohida tahsinga loyiq. Bundan tashqari, smartfon tez quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.   

Moto M’ning zaif joyi u ishlaydigan operatsion tizim hisoblanadi. "Zefir" operatsion tizimi ma'naviy eskirib qolmagan bo‘lsa-da, biroq 2016 yil oxirida chiqqan qurilmaga yaqqol yaroqsiz ko‘rinadi.

Smartfonning bu o‘rtamiyona ko‘rsatkichlari uchun unga belgilangan 290 dollar narx biroz qimmatdek tuyuladi. Vaholanki shu pulga Xiaomi kompaniyasi kuchliroq Snapdragon 820 protsessorida ishlovchi Mi 5 modelini taklif qilmoqda.

Teglar