Limonli suv ichishning sababi nimada?

  • 10:13 / 22.01.2019
  • 5086

Bugun limonli suv haqida deyarli hamma biladi – u hatto ko‘plab restoranlarda oddiy suvning bepul muqobil varianti sifatida taklif etiladi. Bu ichimlikning mashhurligi sababi nimada va u qanday xususiyatlarga ega?

Foto: Pixabay

Ayrim kishilar uning ta'mi yoqimli bo‘lgani sabab ichishsa, boshqalar esa sog‘lomlashtiruvchi ta'siri sabab uni o‘z ratsionlariga kiritishadi. To‘g‘risini aytganda, hozircha limonli suvning inson organizmiga ta'siri mavzusida u qadar ko‘p tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Biroq bu ichimlikning ikki tarkibiy qismi – suv va limonning alohida xususiyatlari haqida ma'lumotlar talaygina.

Limonli suv ishtiyoqmandlari u bir necha foydali ta'sirlarga egaligini ta'kidlaydilar. Keling, limonli suvni har kuni ichishni boshlasangiz qanday o‘zgarishlar yuz berishi mumkinligiga oydinlik kiritamiz.

Vaznning kamayishi

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar limon tarkibidagi polifenol antioksidantlar vazn kamayishiga hissa qo‘shishini ko‘rsatgan.

Limonli suv ichadigan kishilar ozishda hech qanday qiyinchilikni his etmasliklarini aytishgan.

Suv muvozanati                        

O‘zini yaxshi his etish uchun yetarli miqdorda suv ichishning o‘zi kifoya. U tufayli organizm ichki muhitining nisbiy doimiyligi, termoregulyatsiya va metabolizm toksik mahsulotlarining chiqarilishi ta'minlanadi. O‘rtacha katta odam kuniga 2,7 dan 3,7 litrgacha suv ichishi kerak. Suyuqlikning ayrim miqdorini biz taomdan olamiz, biroq katta qismi organizmga suv ko‘rinishida tushishi kerak. Biroq hamma ham suv ichishga o‘zini majbur qilolmaydi.

Suvga limon tomchisining qo‘shilishi uning ta'mini yaxshilab, ko‘proq ichishga ishtiyoq uyg‘otadi deb hisoblanadi.

S vitamini

S vitamini salomatlik uchun juda muhim antioksidant. Uni faqat yegulik orqali olish mumkin. Chunki organizm uni mustaqil tarzda ishlab chiqarolmaydi. Agar S vitaminini yetarli darajada olsangiz, u yurak qon-tomir kasalliklari, insult va gipertoniya ehtimolini kamaytirishda yordam beradi. Ayrim tadqiqotlarga ko‘ra, u shamollash kasalliklaridan tezroq tuzalishga yordam beradi, shuningdek teri holatiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Limon S vitaminining a'lo manbai bo‘lib, uning birgina mevasida kunlik me'yorning 90 foiziga yaqini mavjud bo‘ladi.

Yosh ko‘rinadigan teri

Tashqi ko‘rinishimiz terimizning namlanganlik darajasiga bog‘liqligi hech kimga sir emas. Shu bois go‘zallikka erishish uchun ko‘proq suv ichish kerak. Namlantirilgan teri nafaqat tarangroq va mayinroq ko‘rinishda qoladi, balki toksinlarni yaxshi chiqaradi.

Limondagi S vitamini ajinlarni kamaytiradi, kollagen va elastin ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Shunday qilib, limonli suvni shubhasiz yoshlikni saqlash uchun eng samarali vositalardan biri deb hisoblash mumkin.

Moddalar almashinuvining tezlashishi

Limonli suvning ayrim ishqibozlari uni nahorga ichishni ma'qul biladilar, chunki u hazm qilish tizimini ishga tushirishda yordam beradi deb hisoblanadi. Uyqudan uyg‘ongach bir stakan iliq suyuqlik metabolizmni haqiqatan ham tezlashtiradi.

Bu masalada limon katta ahamiyatga egaligini aniq bilmasak-da, agar limonli suvni ichish siz uchun yoqimliroq bo‘lsa, aynan shunday qiling. Oxir-oqibat, asl maqsad suyuqlik iste'molini oshirish.

Musaffo nafas

Limonli suv ko‘plab tozalash vositalarida qo‘llanilishini sezgan bo‘lsangiz kerak. Buni tushunish mumkin – axir u yoqimsiz hidlarni neytrallashtirishda samarali. Shuning uchun og‘izdagi yoqimsiz hiddan tezkorlik bilan xalos bo‘lish uchun (masalan, sarimsoq, piyoz, ko‘k pishloq yoki baliq kabi mahsulotlardan keyin) limonli suv iching.

Limon so‘lak ajralishiga hissa qo‘shadi. Bu muhim, chunki og‘izdagi yoqimsiz hid, bakteriyalarning katta miqdoriga qaraganda yoqimsizroq hidga ega bo‘ladi. Bejiz stomatologlar tongda tishlarni yuvishni tavsiya etmaydilar.

Nima bo‘lganda ham ichimlik suvi – inson hayot faoliyatining manbai, limon sharbati esa bir qator to‘yimli moddalar va antioksidantlarga ega. Ushbu ikki qismning birlashuvi foydali qorishmadir.

Teglar