Lissabon tramvaylari – butun dunyoda mashhur va hayot uchun xavfli

  • 12:14 / 26.01.2019
  • 3162

Lissabonni tarixiy tramvaylarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu shaharga tashrif buyurib, ushbu almisoqdan qolgan yoqimtoy harakatlanish vositasini biror marta bo‘lsa-da suratga olmagan kishi bo‘lmasa kerak. Ular shaharni haqiqatan ham bezaydi va uning tashrif qog‘ozi sanaladi.

Darhol tan olish kerakki, Lissabon tramvaylari o‘zining tashqi jozibadorligiga qaramay, foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan, juda noqulay transport vositasidir. Ularning ko‘pchiligi 1936 va 1947 yillar oralig‘ida qurilgan. So‘nggi marta 1995 yilda yangilangan. Shunda ham bor-yo‘g‘i quvvati bo‘yicha sozlamalar o‘rnatilgan va to‘xtash tizimlari almashtirilgan. O‘shandan keyin faqat bo‘yalgan xolos.

Hozirda Lissabonda 45 ta ana shunday tramvaylar 6 ta shahar marshrutlarida shafqatsiz ravishda ekspluatatsiya qilinmoqda. Portugaliya poytaxtiga kelgan har bir yangi mehmon ularning qulayligini munosib tarzda baholay oladi.

Yo‘lovchilar juda ayanchli sharoitlarda manzillariga yetib olishadi. Tramvayning shiftida mana bunday tutqichli charm kamarchalar osilib turadi.

Tarixiy tramvaylar tez-tez ishdan chiqadi. Lissabon tramvaylarining nozikligi va mukammal emasligini tushunish uchun haydovchining qurilmalar taxtachasiga nazar solishning o‘zi yetarli.

Agar oldindan xarid qilingan shahar kartochkasidan foydalanilsa, yo‘l haqi 1,45 yevro turadi. Agar haydovchining yonida to‘lansa, ikki baravar qimmat.

Aytgancha, oddiy tramvaylardan tashqari sayohatlar uchun maxsus tramvaylar ham mavjud. U yerdagi narxlar umuman boshqacha, biroq qulaylik darajasi ham farq qiladi.

Portugaliyaning asosiy shahri tramvay tarixiga biroz nazar solamiz. U mazkur shaharda 1873 yilda paydo bo‘lgan.

O‘sha vaqtlarda ular Carro Americano deb nomlangan. Chunki relslardagi vagonlar aynan AQShda (1832 yilda Nyu-Yorkda) paydo bo‘lgan va u yerdan butun dunyoga tarqalgan.

1901 yilda Lissabonda Carro Electro-ilk elektr tramvaylar yurishni boshladi. Uzoq o‘n yilliklar davomida tramvay Lissabondagi asosiy transport vositasiga aylandi.

Metropoliten qurilgach uning mashhurligi kamaydi. Biroq hatto metro ham shaharning eng qiziqarli, tarixiy tumanlariga olib bormas edi. Shunday ekan, tramvay Lissabonda hozirgi kunda ham raqobatchiga ega bo‘lmagan harakatlanish vositasi hisoblanadi. Poytaxtning sayyohlar uchun jozibadorligini oshirish borasida ko‘p hissa qo‘shganini-ku aytmasa ham bo‘ladi.

Shaharda Siemens kompaniyasining ancha zamonaviy tramvay vagonlari bor, biroq ular sayyohlar uchun qiziqarli emas. Shunday ekan, qariya Carros Electros’lar Lissabon ko‘chalaridan tez orada yo‘qolmasligi aniq.

Faqat shahar hukumati ularning xavfsizligi va qulay foydalanilishi haqida o‘ylab ko‘rsa bo‘lgani. Chunki Lissabon tramvaylaridagi sayohatlar kutilmagan oqibatlar keltiruvchi o‘limga olib boradigan attraksionga aylanishini hech kim istamaydi.

Teglar