Lotin Amerikasining yetti mamlakati Ekvador prezidentini qo‘llab-quvvatlamoqda

  • 13:31 / 09.10.2019
  • 53

Foto: pixabay

Lotin Amerikasining yetti mamlakati hukumatlari Ekvador Prezidenti Lenin Morenoning mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari munosabati bilan qilgan harakatlarini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqida Kolumbiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Argentina, Braziliya, Gvatemala, Kolumbiya, Paragvay, Peru va Salvador hukumatlari Ekvadorda konstitutsiyaviy, huquqiy, demokratik tuzumni barbod qilishga urinishlarini keskin qoralaydi va prezident Lenin Morenoning tinchlik, davlatchilik va tartibotni tiklash bo‘yicha olib borayotgan harakatlarini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi. Konstitutsiya va qonunda nazarda tutilgan vositalar yordamida, albatta, – deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, davlatlar Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro ma’muriyati tomonidan demokratik rejimlarni beqarorlashtirishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarni qoralaydi. Moreno Ekvadorning sobiq prezidenti Rafael Korrea va Venesuela rahbari Nikolas Maduroni mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqarishga uringanlikda aybladi.

Teglar