Lutfulla To‘rayev: “Hozir pasportga qarashning vaqti emas”

  • 14:26 / 04.10.2019
  • 129

Foto: championat.asia

“Bunyodkor” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Lutfulla To‘rayev 3-oktabr kuni championat.asia nashriga intervyu berdi.

“– 2-oktabr kuni yig‘inni boshladik. Bir kun avval Superligada tur o‘yinlari bo‘lib o‘tgani bois dastlabki kun asosan tiklanish mashg‘ulotlarini bajardik. 3-oktabrdan esa to‘laqonli mashqlarni bajarishni boshlaymiz”, – deb gap boshladi To‘raev.

– 4 yillik tanaffusdan so‘ng yana terma jamoaga chaqiruv oldingiz. Nimalarni his qilayapsiz?

– Hissiyotlar o‘zgacha. Baribir milliy terma jamoada o‘ynash boshqacha. Qo‘limdan kelganicha vatanimiz jamoasiga yordam berishga harakat qilaman.

– O‘zingiz ham kuzatayotgan bo‘lsangiz, muxlislar tomonidan yoshingiz bilan bog‘liq tanqidlar ko‘p aytilmoqda...

– Hozir yosh yoki pasportga qarashning vaqti emas deb o‘ylayman. Masalan, Rossiya terma jamoasida 36-37 yoshli futbolchilar o‘ynamoqda. Hozir 31 yoshdaman va o‘zimni qari deb o‘ylamayman. Terma jamoaga loyiq ekanligimni maydonda isbotlashga bor kuchimni beraman va xalqimizni g‘alabalar bilan xursand qilishga harakat qilamiz.