Madrimov WBA reytingida yuqoriladi, Ahmadaliyev esa hamon peshqadam

  • 17:58 / 01.12.2019
  • 564

Butunjahon boks assotsiatsiyasi WBA professional bokschilarning noyabr oyi uchun reytingini e’lon qildi. Bu haqda GoSport.uz xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, super yarim o‘rta vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov ikki pog‘ona yuqorilab, 4-o‘rindan joy oldi.

Ikkinchi yarim yengil vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev o‘tgan oydagi kabi reytingda peshqadamlik qilishda davom etmoqda.

Super yengil vazn toifasi vakillari Shohjahon Ergashev va Shahram G‘iyosov esa o‘tgan oydagi o‘rnida qolgan. Ergashev oltinchi, G‘iyosov yettinchi pog‘onani egallab turibdi.

Reytingda o‘zbekistonlik boshqa sportchilar o‘rin olmagan.