Mahalliy aviaqatnovlar uchun chipta narxlari nega qimmatladi?

  • 12:15 / 20.05.2020
  • 247

Joriy yilning 18-may sanasidan boshlab yo‘lga qo‘yilgan Toshkent–Urganch–Toshkent aviaqatnovlari uchun chipta narxlari 10 foizga qimmatlagan.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi vakiliga ko‘ra, bu pandemiya bilan bog‘liq emas. Qish mavsumida odatda aviaqatnovlar kamligi sababli chiptalar arzonlashadi. Bahor va yoz mavsumlarida qatnovlar ko‘payib narxlar o‘zgaradi.

Ayni vaqtda Urganch – Toshkent yo‘nalishi bo‘ycha iqtisodiy klass chipta narxi 791 188 so‘m, biznes klass chipta narxi 1 428 530 so‘mni tashkil etmoqda. 

Ta’kidlanishicha, chipta narxlari joriy yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur yo‘nalishda parvooz qiluvchi yo‘lovchilar ro‘yxatdan o‘tishda va havo kemasi sahnida karantin choralariga rioya qilish, 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash, himoya niqobini taqish va qo‘lqop kiyish shart. Aviakompaniya xodimlari ham muntazam ravishda COVID-19 virusi uchun tahlillar topshirib turadilar.
 
Shuningdek, havo laynerida ham yo‘lovchilar bir-biridan uzoqda, masofa saqlagan holda joylashtirilmoqda. Ya’ni 158 o‘rinli mahalliy qatnovdagi havo laynerida 98 nafar yo‘lovchi ucha oladi. Har bir qatnovdan so‘ng xavo layneri dezinfeksiya qilinadi