Mahmud Murodov “UFC Fight Night 160“ turniridagi debyut jangini muvaffaqiyat bilan boshladi

  • 17:27 / 29.09.2019
  • 516

Daniya poytaxti Kopengagen shahrida oʻtkazilgan “UFC Fight Night 160“ turnirida hamyurtimiz Mahmud Murodov italiyalik Alessio Di Kirkio bilan raqobatlashdi.

Oʻzbekistonlik sportchilar oʻrtasida birinchilardan boʻlib “UFC” musobaqasida ishtirok etgan M.Murodov oʻzining debyut jangini muvaffaqiyatli oʻtkazdi. Mahmud uch raund davom etgan bellashuvda Alessio Di Kirkioni 29:28, 29:28, 29:28 hisobida magʻlubiyatga uchratgan.

Maʼlumot uchun, Alessio Di Kirkio “UFC” musobaqasida olti bor ishtirok etgan.