Makron: “Davlat islomizm oqimini mustaqil ravishda mag‘lub eta olmaydi”

  • 12:46 / 09.10.2019
  • 360

Bugun, 8-oktabrda Parijda o‘tgan hafta payshanba kuni qurolli hujumda halok bo‘lgan to‘rt nafar politsiya prefekturasi xodimi xotirasiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Prezident Emmanuel Makron halok bo‘lganlarning qarindoshlari, do‘stlari va hamkasblariga hamdardlik bildirdi. U bu voqeani Fransiya politsiyasi tarixidagi eng katta zarba deb atadi.

“–Mamlakat rahbariyati va hukumat xizmatlari islomizm oqimini to‘xtata olmaydi. Buning uchun butun xalq birlashishi, safarbar qilinishi va harakat qilishni boshlashi kerak. O‘z tarixida juda ko‘p sinovlarni boshdan kechirgan Fransiyaning bolalarini buzadigan yashirin islomizmga qarshi kurashda g‘alaba qozonamiz. Biz sergak jamiyat qurishimiz kerak”, – dedi davlat rahbari. 

Marosimda vafot etgan politsiya zobitlariga o‘limidan so‘ng Faxriy legion ordenining kavaleri unvoni berildi. Bundan tashqari, prezident tajovuzkorni otib tashlagan askarning jasoratiga alohida urg‘u berdi. 

Eslatib o‘tamiz, Parij politsiyasi prefekturasidagi hujum 3-oktabr kuni yuz berdi. Keramik pichoq bilan qurollangan bo‘lim xodimi hamkasblariga hujum qilgan. Shu bilan birga, u islomiy shiorlarni aytib baqirgan. Tergov davomida ma’lum bo‘lishicha, xavfsizlik kuchlari uning radikal diniy e’tiqodi haqida avvaldan xabardor bo‘lishgan, ammo bu uning poytaxt politsiyasi prefekturasida ishlashda davom etishiga xalal bermagan.

Teglar