Makron haykallar haqida: “Fransiya o‘z tarixidan hech bir nomni o‘chirmaydi”

  • 11:38 / 15.06.2020
  • 652

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron G‘arbda irqchilikka qarshi kurash ortidan avj olgan haykallarga tajovuzlar borasida munosabatini bildirdi. Bu haqda Yelisey saroyida pandemiya kun tartibi bo‘yicha bergan bayonotida ma’lum qilgan. 
Makronning ta’kidlashicha, Fransiyada odamlar o‘zlarining nasabi va terisining ranglariga ko‘ra ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. AQSh, Angliya, Belgiyada boshlangan mustamlakachi siymolar haykallariga xurujlar haqida to‘xtalar ekan, “Fransiya Respublikasi o‘z tarixidagi hech bir ismni o‘chirmaydi. Fransiya hech kimni unutmaydi. Fransiya haykallarni haqorat qilmaydi”, deb ta’kidlagan.
Makron pandemiya bo‘yicha bayonot berar ekan, 22-iyundan bolalar bog‘chalari va o‘rta maktablar faoliyati tiklanishi, o‘quvchilar maktablarga qaytishi haqida aytib o‘tgan. 

Teglar