Maktab o‘quvchilarining janjali tasvirlangan video yuzasida IIBB munosabat bildirdi

  • 19:00 / 07.09.2021
  • 279

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida maktab o‘quvchilari o'rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo'lganligi haqidagi xabar ostida voyaga yetmaganlar ishtirokidagi janjal aks etgan video tarqaldi. Mazkur videotasvir yuzasidan IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, videoda aks etgan holat “Maktab” nomli serialni suratga olish jarayonidagi holat bo‘lib, avgust oyining oxirlarida Mirzo Ulug‘bek tumanida tasvirga olingan. Ssenariy bo‘yicha maktab o'quvchilari o‘rtasidagi janjal vaqtida o‘quvchilardan birining ukasi himoya qilishi kerak bo'lgan kadr aks etgan. Serialni suratga olishga jalb etilgan aktyorlardan biri ushbu jarayonni o‘zining telefoniga tasvirga olib, internet tarmog‘ida joylashtirgan.