Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar ish yurituviga o‘tkaziladi

  • 09:49 / 14.02.2020
  • 85

Joriy yilning 11-fevral kuni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

Unda 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasiga oid masalalar, jumladan, Sud-huquq sohasidagi ma’muriy, jinoyat va fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish masalasiga ham o‘rin ajratilgan. 

Unga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar ish yurituviga o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqiladi. Loyihaga ko‘ra, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi va Moliya vazirligi 2020-yil 1-oktabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqadilar.

Loyihada:
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar ish yurituviga o‘tkazish;
sudlar shtat birliklarini ish yuklamasidan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.

Shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar ish yurituviga o‘tkazilishi munosabati bilan ma’muriy sud ishlarini yuritishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutuvchi Qonun loyihasi ham ishlab chiqiladi.

Unga ko‘ra, loyihada:
soddalashtirilgan tartib doirasida ko‘rib chiqiladigan ma’muriy ishlar doirasini belgilash;
soddalashtirilgan tartibda ma’muriy ishni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning maqomi, sud muhokamasini o‘tkazish, sud majlisi bayonnomasini yuritish va hal qiluv qarori chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi.