"Manchester Yunayted" kaliningradlik xasta muxlisasining orzularini ro‘yobga chiqardi

  • 06:49 / 26.05.2015
  • 3516

Kaliningradda yashovchi Nadya Barkovskaya "Orzular teatri" deb ataladigan "Old Trafford"da o‘z orzusiga yetishdi.

Miyacidagi og‘ir xastalik bilan og‘riydigan bu qiz "Manchester Yunayted" jamoasining ashaddiy muxlisi hisoblanadi va u bolaligidan beri "Old Trafford"da o‘tirib, sevimli jamoasining o‘yinini tomosha qilishni va sevimli futbolchilari bilan salomlashishni orzu qilardi.

Unga "Manchester Yunayted" jamaosining sayti orqali bu orzuning amalga oshishi haqida ma'lum qilishganida Nadya ancha vaqtgacha ko‘zlariga ishonmaydi. Ma'lum bo‘lishicha, NTV telekanali tashabbusi bilan bu orzuning amalga oshishiga erishilgan, Nadya va akasining Angliyaga borib kelishini "Aeroflot" ta'minlaydigan bo‘lgani oydinlashdi.

Nadya 17 may kuni "Old Trafford"da "Manchester Yunayted" va "Arsenal" bahsini vip-lojada o‘tirib kuzatdi. O‘yindan keyin esa, jamoa futbolchilari bilan uchrashib, ular bilan gaplashdi. Futbolchilar Barkovskaya nomi bitilgan "MYu" futbolkasiga o‘z dastxatlarini qoldirishdi. 

O‘sha kuni, o‘yin tugab, hamma tarqalgach, "Old trafford" o‘yingohida Nadyaning yolg‘iz o‘zi sayohat qilishi imkoni berilgan.

Teglar