“Manchester Yunayted” safardagi 10 ta o‘yindan beri yuta olmayapti

  • 09:39 / 04.10.2019
  • 442

Yevropa Ligasi 2-turidan o‘rin olgan AZga qarshi bahs “M. Yunayted” bilan durang natijani qayd etdi.

Bu orqali Sulsher jamoasi ketma-ket 10 ta safar o‘yinida g‘alaba qozona olmadi. “Qizil iblislar” bu bahslarning 6 tasida mag‘lub bo‘lgan va 4 tasida esa durang natijani qayd etgan. Bu esa klubning 1989-yildan beri qayd etgan yomon natijasi. Umumiy olganda, “Manchester Yunayted” 11 ta safar o‘yinida g‘alaba qozona olmadi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor MYu safarda PSJni 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi. Bu bahs 2019-yil marti oyida YeChL doirasida o‘tkazilgandi.

Teglar