Marsga sayohat qay darajada foydali?

  • 11:17 / 05.11.2019
  • 257

Yaqinda mutaxassislar Starship deb ataluvchi yangi kosmik kemani qurib bitkazishdi. Unda ekipaj a’zolari va yo‘lovchilardan iborat 100 kishini Marsga olib chiqish 2024-yilga, qaytish esa 2030-yil boshlariga mo‘ljallangan. Marsga sayohatning yaxshi tomonlari ko‘p, biroq uning xavotirli jihatlari ham yo‘q emas.
 
“Agar koinotning qayeridadir bizga o‘xshash mavjudotlar bo‘lsa, uni izlashni Quyosh tizimidan boshlagan ma’qul. Buning uchun Yupiter va Saturnning bir qator yo‘ldoshlari, Mars eng qulay sayyoradir.   Qizil sayyoraga yo‘l olyotgan odamlar o‘zlari bilan turli bakteriyalarni ham olib boradi. Bu bakteriyalar esa agar marsliklar mavjud bo‘lishsa, ular uchun o‘ta xavfli bo‘lishi mumkin.  Yoki aksincha, u yerdagi “mahalliy” mikroblar insonga xavf solmasligiga hech kim kafolat bermaydi?”, deb yozadi astrobiolog Samanta Rolf.

Koinotga sayohatni tezroq amalga oshirishni istayotgan mutaxassislar esa bundan xavotir olishning keragi yo‘q, agar Marsda tirik mavjudot bo‘lsa ham, u tuproq qatlamlarining eng tagida bo‘lishi mumkin, deyishmoqda.

Xavotirning yana bir sababi bor: Marsga yo‘l olayotgan odamlarning sog‘lig‘i juda ham muhim-ku. Uzundan uzoq masofa, olis koinot turli xatarlardan holi emas. Ma’lumki, Oyda, Xalqaro kosmik stansiyada Yerning magnit maydoni amal qiladi va koinotning zararli radiatsiya nurlaridan himoya qilib turadi. Mars esa o‘zining magnit maydoniga ega emas va uning atmosfera qatlami ham himoyalanmagan. Astronavtlar Marsda, shuningdek, 6 oyga cho‘ziladigan yo‘l mobaynida koinotdagi zararli radiatsiya xavfi ostida qolishadi. Bu haqida ham jiddiy o‘ylab ko‘rish kerak, deb yozadi hi-news.ru.