Marvel “Temir odam”ni yana hayotga “qaytaradi”

  • 12:49 / 15.06.2020
  • 920

Amerikaning Marvel kompaniyasi “Temir odam” haqidagi komikslarni qayta ishlab chiqarishi haqida e’lon qildi. Yangi komikslar tarixi ustida yozuvchi Kristofer Kentverr va “Temir odam” filmidagi “Toni Stark”ning kostyumini yaratgan rassom Aleks Ross ish olib bormoqda. Syujetning qisqa tavsifiga ko‘ra, Toni Stark qiyin kunlarni boshidan o‘tkazadi, endi uni orqaga – “ildizlarga qaytish” kutmoqda. Joriy yilning sentabrida afsonaviy Toni Stark yana qaytadi, deyiladi manbada.

Ma’lumot o‘rnida

“Temir odam” 2008-yilda chiqarilgan, ilmiy-fantastik janrdagi film bo‘lib, Marvel komikslaridan biri haqida hikoya qiladi. Film Marvel Studios tomonidan suratga olingan. Bosh rol, temir odam laqabli personaj – Toni Starkni aktyor Robert Dauni ijro etgan. Film omma tomonidan juda yaxshi kutib olingan va ayniqsa, Robertni aktyorlik mahorati sabab olqishlashgan. Film 2008-yildagi eng yangi filmlar qatoriga qo‘shilgan. “Temir odam”ning davomi, 2-qismida ham Robert Dauni ishtirok etgan. “Temir odam 2” 2010-yil, 7-may kuni chiqarilgan. Film ikki qism bilan nihoyalanib qolmagan, uning davomi 2013-yil e’lon qilingan edi.