Mashhur boʻlib ketishiga hech kim ishonmagan yulduzlar

  • 13:40 / 23.09.2021
  • 243

Shon-shuhrat yoʻli murakkab, mashhurlikka erishish oson ish emas. Yulduzlarning tashqi koʻrinishlari va chiroyli hayotlari ortida ogʻir mehnat yashiringan. Ular koʻz yoshlari va peshona terini muxlislarga koʻrsatishmaydi, shu sababli atrofdagilar yulduzlarni mashhurlikka osonlikcha erishganini taxmin qiladilar. Aslida esa barchasi butunlay boshqacha.

Shakira

Dunyoning turli burchaklaridan turib, uni sevib tinglaydigan muxlislariga ega boʻlgan xonandani boshqalardan ajralib turishiga betakror ovozi sababchi boʻlgan. Ammo, xonandaning musiqa ustozi oʻz vaqtida uning ovozini echki maʼrashiga oʻxshatgan ekan. Shu sababdan Shakirani bolalik vaqtlarida xor tarkibida kuylashiga imkon berishmagan ham.

Tayra Benks

Tayra Benks oʻzining modellik faoliyatini 15 yoshda boshlagan. U turli namoyishlarda ishtirok etgan, jurnallarning muqovasi uchun suratlarga tushgan, reklamalarda ishtirok etgan. Ammo, 21 yoshlik vaqtlarida unga modellik faoliyatini yakunlashni maslahat berishadi. Bunga uning toʻlachadan kelgani sabab boʻlgan ekan. Tayra bundan qattiq xafa boʻlgan, boshqa modellarga oʻxshash uchun qatʼiy parhez tutishga ham urinib koʻrgan. Ammo, modelning onasi bunga yoʻl qoʻymagan. U qizini qoʻllab-quvvatlagan, Tayra esa tez orada yirik shartnomalarni qoʻlga kiritishni boshlagan.

Kanye Uest

Kanye Uest sanʼat olamiga koʻchadan kirib kelmagan. U reperlik faoliyatini boshlashidan avval bir nechta musiqiy guruhlarga prodyuserlik qilgan. Ammo, uning reper boʻla olishiga hech kim ishonmagan. Ayni vaqtda Kanye Uest dunyodagi eng mashhur reperlardan biri, oʻz uslubi va obroʻsiga ega ijodkor.

Jiji Xadid

Jiji Xadid yoshlik yillarida voleybol bilan shugʻullangan. Shu sababli uning qad-qomati sportchilarnikidek koʻrinishda boʻlgan. Shu sababli modellik biznesida faoliyat boshlaganidan keyin agentliklar unga rad javobini bera boshlashgan. Jiji parhez qilishni boshlaganida onasi bunga yoʻl qoʻymagan. Oqibatda Jiji uni boricha qabul qiladigan modellar agentligi bilan shartnoma imzolagan.

Riz Uizerspun

Bugungi kunda Riz Uizerspun Gollivudning eng taniqli va badavlat aktrisalaridan biri. Ammo, u ham ijodiy faoliyatining ilk davrlarida qiyinchiliklarga duch kelgan. U bosh rolga tasdiqlangan aktyorga yoqmay qolgani uchun rolni undan olib qoʻyishgan. Boʻlgʻusi aktrisa rejissyorlardan ozgʻin emasligi, feʼl-atvori va imo-ishoralardan foydalanish borasida tinmay dakki eshitgan. Ammo, Riz tanqidlar sababli orzusidan voz kechmadi. Natija qanday boʻlganini esa oʻzingiz yaxshi bilasiz.

Jizel Byundxen

Jizel Byundxen oʻsmirlik vaqtlarida model boʻlishni orzu qilar, ammo atrofdagilar uning oʻz orzusiga hech qachon yetisha olmasligini taxmin qilishardi. Sababi Jizelning tashqi koʻrinishi modellarga xos emasdi. Xayriyatki, qiz atrofdagilarning soʻzlariga quloq solmadi va oʻz orzusi tomon olgʻa bordi. U bugun kunning eng badavlat modellaridan biri. Jizel Byundxen modellar orasidagi yillik daromad koʻrsatkichi boʻyicha Ginnessning rekordlar kitobiga ham kirgan.