Mashhur insonlar kutubxonasi: Barak Obama

  • 08:50 / 20.05.2015
  • 5171

XABARDOR.UZ"Mashhur insonlar kutubxonasi" rukni ostida qiziq shaxslar o‘qiydigan kitoblar haqida so‘zlab beramiz. Mazkur maqolada AQSh prezidenti Barak Obamaning sevimli kitoblari ro‘yxati keltirilgan.

Bir necha hafta oldin Barak Obama Vashington kutubxonasida o‘quvchilar oldida o‘zining kichkina nutqi bilan ishtirok etdi. Ma'lum bo‘lishicha, Obama Doktor Xyuz kitoblarining ashaddiy ishqibozi ekan, u sevib o‘qiydigan kitoblari orasida adabiy kitoblar miqdorining ko‘pligi bizni hayratda qoldirdi. Albatta, bu auditoriyaga ham bog‘liq, maktab o‘quvchilariga sotsiologiya, siyosat va iqtisodiyotga oid sevimli kitoblar haqida eshitish qiziqarli bo‘lmasdi.

Yoshligimda kutubxonalarga borib, kitoblar o‘qishni yaxshi ko‘rar edim. Men hali ham ko‘p o‘qiyman, biroq hozirda ko‘ngilochar kitoblarga qaraganda ko‘proq ishga oid bo‘lganlarini o‘qiyman.

Barak Obama

Barak Obama 12 yoshda bo‘lganida arxitektor, basketbol bo‘yicha o‘yinchi yoki huqushunos bo‘lishni orzu qilgan. Prezidentlik haqida o‘ylab ham ko‘rmagan.

Biz AQSh prezidenti tomonidan eslab o‘tilgan, unga yoqqan kitoblar va adabiyotlar ro‘yxatini tuzib chiqdik.

"Xobbit" va "Uzuklar hukmdori", Jon Tolkin.

"Buyuk Getsbi", Frensis Skott Fitsjyerald.

Hikoyalar to‘plami, Doktor Syuz.

"Xazinalar oroli", Robert Stivenson.

"Pashshalar hukmdori", Uilyam Golding.

"Qirollik avlodi", Robert Uorren.

"Birmingem qamoqxonasidan kelgan maktub", Martin Lyuter King.

"Solomon qo‘shig‘i", Toni Morrison.

"Xalqlar tabiati va boyliklari sababiga oid tajriba", Adam Smit.

"Sokin amerikalik", Grem Grin.

Darhaqiqat, kitob – insonning eng yaxshi do‘stidir. Zero uning har bir varag‘i insonga ilm bahsh etadi. Yaxshi kitobni tanlab o‘qish esa kitobxondan muayyan ko‘nikmalar talab etadi. Yuqorida keltirilgan AQSh prezidenti Barak Obama sevib o‘qiydigan kitoblar ham sizda qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa ajabmas. Aytingchi, siz bir yil davomida nechta kitob o‘qiysiz?

Teglar