May oyining eng zo‘r smartfonlari e’lon qilindi

  • 14:44 / 14.05.2020
  • 860

2020-yilning birinchi yarmida juda ko‘p yangi smartfonlar ommaga taqdim etildi. Agar siz eski smartfoningizni almashtirish niyatida yurgan bo‘lsangiz, may oyining eng yaxshi smartfonlari reytingini ko‘rib chiqishingizni tavsiya qilamiz. 

1. iPhone 11 Pro
Ekran o‘lchami: 5.8 dyumli (1125x2436).
Protsessor: A13 Bionic.
OZU: 4 Gb.
Ichki xotira: 256 Gb.
Kamera (orqa/old): 12 Mp + 12 Mp + 12 Mp/12 Mp.
Batareya: 3046 mAs.

iPhone 11’ga qaraganda qimmatroq va yorqin dizaynga ega bo‘lib chiqqan iPhone 11 Pro Apple’ning eng omadli smartfonlaridan biri bo‘lib turibdi. Bu mobil qurilmani tanlash orqali siz Super Retina XDR displeyi, orqa paneldagi uchtalik kamera va juda mustahkam materialdan tayyorlangan korpusga ega bo‘lasiz. Apple iPhone 11 Pro’ning tasvirga olish imkoniyatlarini ham boyitdi. Endilikda bu model eng zo‘r kamerali smartfonlar qatorida turadi. Ya’ni, iPhone 11 Pro uchta yorqin 12 megapikselli kameraga ega. Video, audio yozish imkoniyati, XDR yorqin displeyga egaligi – bularning barchasi juda ajoyib. A13 Bionic yangi protsessori smartfonni mazkur maqoladagi eng tezkor mobil qurilmaga aylantirgan. Bu, yana 5.8 dyumli ekran o‘lchamiga ega birinchi iPhone. Foydalanish qulay bo‘lishi uchun MacBook Pro, iPad Pro va iPhone 11 Pro bitta quvvat manbayidan quvvat oladi. Smartfonning salbiy jihati sifatida uncha katta bo‘lmagan ichki xotirasini keltirib o‘tishimiz mumkin. 

2. Samsung Galaxy S20/S20 Plus
Ekran o‘lchami: 6.2 dyumli/6.7 dyumli (3200x1440).
Protsessor: Exynos 990/Snapdragon 865.
OZU: 12/8 Gb.
Ichki xotira: 128 Gb.
Kamera (orqa/old): 12 Mp + 12 Mp + 64 Mp + ToF/10 Mp.
Batareya: 4000/4500 mAs.

Samsung Galaxy S20 va S20 Plus – hozir sotuvda bo‘lgan eng yaxshi Android smartfonlar sanaladi. Har ikki smartfonning hajmi Ultra’siga qaraganda kichikroq. Ekrani esa kattagina bo‘lib, foydalanish uchun qulay. Smartfon kameralari kontrast va detalli tasvirlarni yuqori aniqlikda olish imkonini beradi. Samaradorlik borasida faqat iPhone 11 Pro’dangina ortda qolishi mumkin. Smartfon unga yuklangan har qanday vazifani bajaradi. Smartfonning avtonom ish qobiliyati hayratga soladi. Quvvati bir kunga bemalol yetadi.

3. OnePlus 8 Pro
Ekran o‘lchami: 6.78 dyuymli (3168x1440).
Protsessor: Snapdragon 865.
OZU: 8 Gb.
Ichki xotira: 256 Gb.
Kamera (orqa/old): 48 Mp + 48 Mp + 8 Mp/16 Mp.
Batareya: 4510 mAs.

OnePlus 8 Pro’ni yaratish orqali kompaniya nihoyat flagman qurilma yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Dastlab ishlab chiqaruvchi hech narsani ayamadi, Qi tez quvvatlash vositasi, IP68 standarti bo‘yicha suv o‘tkazmaslik xususiyati ham mavjud. Ha, u OnePlus’ning avvalgi modellariga qaraganda qimmatroq, biroq u Samsung va hatto Oppo’dagi analoglariga qaraganda ancha arzon. Smartfonning 6.78 dyumli OLED displeyi 120 Gs. qayta tiklanish quvvatiga ega. Ekran surati juda silliq, yorqin va aniq. 

Barcha OnePlus smartfonlari kabi 8 Pro ham barcha eng so‘nggi texnologiyalarni o‘zida jamlagan. U, shuningdek, Snapdragon 865 protsessoriga ham ega. Mobil qurilma 5G internet tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Orqa tomonidagi to‘rttalik kamera 48-megapikselli sezgir sensorlarga ega. Warp Charge xizmati esa smartfonni 30 daqiqa ichida 50 foizgacha quvvatlash imkonini beradi. 

4. Oppo Find X2 Pro
Ekran o‘lchami: 6.7 dyumli (3168x1440).
Protsessor: Snapdragon 865.
OZU: 12 Gb.
Ichki xotira: 512 Gb.
Kamera (orqa/old): 48 Mp + 48 Mp + 13 Mp/32 Mp.
Batareya: 4260 mAs.

Oppo Find X2 Pro – Samsung Galaxy S20’ning eng taniqli raqobatchisi sanaladi. Snapdragon 865 protsessori bu smartfonni ishlash uchun eng tezkor qurilmaga aylantiradi. Shu bilan birga OLED displeyi, juda kuchli 65 vt. quvvatlash qurilmasiga ham ega. Kamerasi haqida gap ketganda, u iPhone 11 Pro’dan ham ustun. Bundan tashqari, smartfonlarning asosiy kamerasi yangi 12 bitli Sony IMX689 sensori bilan jihozlangan. 13 megapikselli sensori 10x gibrid kattalashtirish quvvatiga ham ega.

5. Google Pixel 4
Ekran o‘lchami: 5.7 dyumli (2160x1080).
Protsessor: Snapdragon 855.
OZU: 6 Gb.
Ichki xotira: 64 Gb.
Kamera (orqa/old): 12.2 Mp + 16 Mp/8 Mp.
Batareya: 2800 mAs.

Google Pixel 4, ehtimol, Google smartfonlari muxlislari kutgan xususiyatga ega emasdir, lekin u eng zo‘r kamerasi va dasturiy ta’minoti bilan Android’ning eng yaxshi dasturlaridan biri bo‘lib qolaveradi. Smartfon displeyi 90 Gts. chastotada yangilanadi. Orqa tomonida 12 va 16 megapikselli ikkita kamera mavjud. Ushbu ikkita sensor birgalikda tasvirni oliy sifatga erishishi uchun ishlaydi. Bundan tashqari, Pixel 4 Google’dan eng so‘nggi yangiliklarni olishda har doim birinchi o‘rinda turadi. Pixel 4’ning eng muhim xususiyatlaridan biri, bu – radar sensori bo‘lib, imo-ishoralar orqali smartfoningiz bilan ishlashga imkon beradi va yuz yordamida qulfdan chiqarish xususiyatiga ega. Ushbu smartfonning eng katta kamchiligi, bu – uning batareya quvvati. Bir kunni ham quvvatlash vositasiga ulanmasdan o‘tkazish juda qiyin.