Mazda MX-5 sport mashinasi jahon rekordini o‘rnatdi

  • 14:04 / 18.09.2019
  • 476

Foto: Motor.ru

Birinchi avlod Mazda MX-5 rodsteri hech kimning xayoliga kelmagan rekordni o‘rnatdi. Sport mashinasi 12 soatda 2 900 “chiziqlar”ni yengishga muvaffaq bo‘ldi. 

Brendning nemis bo‘limi nafaqat Yaponiyadagi, balki jahon avtomobilsozlik sanoati tarixidagi eng mashhur avtomobillardan birining 30 yilligini nishonlashga qaror qildi. Kompaniya Avstriya hukumatidan bir oqshom tog‘ dovonini yopib qo‘yishga va u yerda rekord darajadagi poyga o‘tkazishga rasmiy ruxsat oldi.

Jamoadagi to‘rtta poygachi 12 soat davomida bir-biri bilan almashib turadilar. Bundan tashqari, rodsterga Mazda Garage’daga qo‘shimcha ravishda o‘zgartirish kiritildi. Ammo ishlab chiqaruvchi modifikatsiyalar haqida tafsilotlarni oshkor qilishga shoshilmayapti.

12 soat davomida avtomobil rekord miqdordagi “chiziqlar”ni yengib chiqishi kerak edi. Sinovning tozaligi uchun avtomobil GPS izdoshi bilan jihozlangan bo‘lib, har bir burilishni – talablarga muvofiq, 150 dan 180 darajagacha bosib o‘tishi zarur. Kechga yaqin ob-havo sharoiti murakkablashib, kuchli yomg‘ir yog‘di.

Biroq, bu Mazda jamoasining o‘z maqsadlariga erishishiga to‘sqinlik qilmadi. Deyarli 12 soatlik uzluksiz haydashda uchuvchilar 2 900 “chiziqlar”ni yengib o‘tib, yangi jahon rekordini o‘rnatishdi. Avvalgi rekord egasi taxminan 1 400 burilish kam boshqargan edi.

Sentyabr oyining boshida Volkswagen ID poyga elektr mashinasi rekord o‘rnatgan edi. Xitoyning Tyanmen tog‘idagi R 99-chi burilish  eng yaxshi poyga yo‘li deb topildi. Avtomobil deyarli 11 kilometrlik yo‘lni 7 daqiqa 38,585 soniyada bosib o‘tdi.