MDH mamlakatlarining 1-O‘yinlarida 300 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etadi

  • 16:02 / 19.05.2021
  • 269

Joriy yil 4–14-sentyabr kunlari Tataristonning Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining birinchi O‘yinlarida 300 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etadi. 
Bu haqda Turizm va sport vaziri Aziz Abduhaqimov Rossiya Federasiyasi sport vaziri Oleg Matisin bilan bo‘lgan uchrashuvda ma’lum qildi.

Shuningdek, tadbirda tomonlar ommaviy va talabalar sporti, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kadrlarni tayyorlash masalalarini hamda xalqaro maydonlarda sport kun tartibidagi hamkorlik aspektlarini muhokama qildilar.

Bundan tashqari, uchrashuvda O‘zbekiston tomoni qishki sport turlari bo‘yicha rossiyalik mutaxassislarni jalb qilishga katta qiziqish bildirdi.