Mehnat vazirligi Rossiyadagi supermarketda pichoqlab ketilgan o‘zbek ayoli yuzasidan bayonot berdi

  • 17:40 / 30.04.2019
  • 860

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi bosh vakilligi xabariga ko‘ra, kecha Tula oblasti Uzlovaya shahridagi «Pyaterochka» supermarketida 34 yoshli Andrey.K kassir ayolga hujum qilib, pichoq bilan 20ga yaqin jarohat yetkazgan

Jabrlangan Umida.S ismli ayol O‘zbekiston fuqarosi va 3 nafar farzand onasi bo‘lib, kasalxonada hayotdan ko‘z yumgan. Jinoyatchi qo‘lga olingan.

Ayni damda Agentlik vakillari Umida.S.ning jasadini O‘zbekistonga qaytarish chora-tadbirlarini ko‘rishmoqda. Shu munosabat bilan marhumaning yaqin qarindoshlaridan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yoki agentlikning Rossiya Federatsiyasidagi bosh vakiliga murojaat qilishlari so‘ralgan.

O‘zbekiston Respublikasi  Bandlik va mehnat   munosabatlari  Vazirligining tezkor telefon tarmog‘i: 

+99871-200-06-00

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi telefon tarmog‘i:

+7-9250454744

Teglar