Mercedes-Benz’ning yangi avlodini “Chayka qanotiga” o‘xshatib yasashadi

  • 09:40 / 01.06.2020
  • 358

Yangi avlod Mercedes-Benz SL eski model Mercedes-Benz 300 SL’ga o‘xshash bo‘ladi, biroq mashina eshiklarini “chayka qanotlari”ga o‘xshash qilib ishlab chiqarishadi. Mashhur model 1955-1963-yillarda chiqqan 300 SL’ni ko‘pchilik avtomobil tarixidagi eng chiroyli model, deb hisoblashadi. Shu sabab bo‘lsa kerak, brendning dizayneri Gordon Vagenerning aytishicha, yangi Mercedes-Benz SL’ning tashqi ko‘rinishi aynan Mercedes-Benz 300 SL’ga o‘xshash bo‘lishi bejizga emas.

Yangi avtoulovning detallari haqida ma’lumot ko‘p emas  

Yangi model 2021-yilda taqdim qilinadi. Avtomobildagi metall qopqoq o‘rnini maxsus yengil matoli yuza egallaydi. Shuningdek, yangi avtoulov to‘rt litrli gibrid kuchga ega 8V bazali biturbonadduvga ega. Mashina 800 ot kuchiga ega kuchli elektr motor bilan jihozlangan.