Messi “Inter” bilan bo‘lgan o‘yindan keyin charchoq haqida gapirdi

  • 11:08 / 03.10.2019
  • 410

“Barselona” sardori Lionel Messi Chempionlar ligasining “Inter”ga qarshi kechgan o‘yin natijalari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv Kataloniya jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Shunisi e’tiborga loyiqki, Messi yangi mavsumda birinchi marta to‘liq o‘yinni o‘tkazdi. Undan oldin u jarohatdan endi chiqqanligi sababli buni uddalay olmagan edi.

Men charchadim, lekin bu mavsumda birinchi marta 90 daqiqa o‘yinda bo‘lganimdan xursandman. O‘yin ritmini sog‘ingan edim, g‘alaba qozonganimizdan mamnunman, – deydi Messi.

Ushbu bahsda g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Maqsad birinchi o‘rinni egallash. Ammo “Inter”ni mag‘lub etish oson emas. Ular deyarli chiziqlar orasidagi bo‘sh hududlarni tark etmaydi. Yaxshiyamki, biz maqsadimizga erishdik. G‘alaba – yaxshi natija, – deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq Chempionlar ligasidagi ikkinchi turning eng yaxshi goli uchun da’vogarlar nomi ma’lum bo‘lgan edi.