Messi jarohati tufayli mavsum boshini o'tkazib yuborishi mumkin

  • 16:36 / 11.08.2019
  • 167

"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde hujumchi Lionel Messining jarohati sababli mavsum boshini o‘tkazib yuborishi mumkinligini ma’lum qildi.

Argentinalik hujumchiga birinchi darajali pay cho'zilishi tashxisi qo'yildi.

“Sog‘ligi ancha tiklanmoqda, ammo hali La Ligani ochishga tayyormi yoki yo'qligini bilmayman. Bu juda murakkab masala”, - dedi Valverde Goldan.

Bilbaoda bo'lib o'tadigan Ispaniya chempionatining birinchi tur uchrashuvida "Barselona" "Atletik" bilan uchrashadi.