Messi koronavirusga qarshi kurashish uchun yirik pul ajratdi

  • 08:21 / 25.03.2020
  • 183

“Barselona” sardori Lionel Messi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish kampaniyasiga qo‘shildi va bir million yevro ajratdi. Bu haqda Marca xabar berdi.
Ajratiladigan pul Barselona shahridagi Hospital Clinic va Argentinadagi tibbiy markaz o‘rtasida taqsimlanadi.
Shifoxona ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida “Leo Messi klinikiamizga koronavirusga qarshi kurashish uchun xayriya qildi. Tanlovingiz va qo‘llab-quvvatlovingiz uchun katta rahmat Leo”, deb xabar qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, Pep Gvardiola ham koronavirusga qarshi kurashish uchun Barselonadagi klinikalardan biriga 1 million yevro xayriya qilgandi.