Messi mavsumdagi birinchi golini urdi

  • 11:28 / 07.10.2019
  • 96

Foto: Reuters

Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi Ispaniya La Ligasining sakkizinchi tur uchrashuvida “Sevilya” jamoasiga qarshi o‘yinda gol urdi.

Ushbu gol argentinalik o‘yinchi uchun joriy mavsumdagi birinchisi bo‘ldi.

Hozirgacha u “Inter”ga qarshi o‘yinda o‘zining samarali to‘p uzatishi bilan ajralib turibdi.

“Kamp Nou” stadionida o‘tkazilgan sakkizinchi tur uchrashuvi mezbonlar foydasiga 4:0 hisobida yakunlandi. To‘purarlar qatorida Messidan tashqari Luis Suares, Arturo Vidal va Usman Dembele ham bor.