Messi maydonda Ronaldudan ikki baravar kuchli — Yevropalik olimlar tahlili

  • 10:55 / 11.06.2020
  • 785

Gollandiyaning SciSports kompaniyasi Belgiyaning Leven universiteti bilan hamkorlikda “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Barselona” yetakchisi Lionel Messining o‘yin sifatlari ustida tadqiqot o‘tkazdi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, argentinalik yulduz portugaliyalik raqibida ikki baravar ustun kelgan. Messi 1.21 baho olgan bo‘lsa, “Real”ning sobiq yulduzi 0.61 baho olgan.
Tahlil ko‘plab o‘yin parametrlari bo‘yicha “imkoniyatlar bahosi asosida qimmatli harakatlar”ni aniqlab bergan. Bunda futbolchining butun o‘yin davomidagi barcha harakatlari, shuningdek, yakuniy natijaga ta’siri inobatga olgan.
Ta’kidlanishicha, tahlil uchun Ronalduning faoliyatidagi eng samarali davr 2013 – 2016-yillar olingan.