Messi Ronalduni yana bir ko‘rsatkich bo‘yicha ortda qoldirdi 

  • 15:15 / 30.10.2019
  • 488

Kataloniyaning “Barselona” futbol jamoasi a’zosi Lionel Messi klub miqyosida gol urish bo‘yicha “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldudan o‘tib ketdi. 

Messi kecha La Liga doirasida “Valyadolid”ga qarshi kechgan o‘yinda 2 ta gol urdi. Bu argentinalik futbol afsonasining klub miqyosidagi 607 va 608-gollari bo‘ldi. Bu natija bilan u klub safida gol urish borasida asosiy raqibi portugaliyalik Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi. 

Ronalduning klub miqyosida raqiblari darvozasiga urgan gollari hozircha 606 tani tashkil etib turibdi. 
Messi 608 ta gol urish uchun 695 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa, Krishtianu 606 ta golni 814 ta o‘yinda urgan. “Barselona” sardorining “Valyadolid”ga urgan gollari Ernesto Valverde boshchiligidagi 100 va 101-si bo‘ldi. Shuningdek, u jarima zarbasidan 50-golini kiritdi.