Messi yana bir ko‘rsatkich bo‘yicha peshqadam

  • 14:11 / 10.06.2020
  • 461

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi La Ligada zaxiradan maydonga tushganlar orasida eng samarali futbolchi deb topildi. Bu haqda AS’ga tayanib Sport Ekspress xabar berdi.
Argentinalik daho Ispaniya chempionati doirasida o‘yinga keyin qo‘shilganidan keyin 24 gol urishning uddasidan chiqqan. Bu to‘p tepayotgan futbolchilar orasida rekord hisoblanadi. La Liganing butun tarixi davomida faqatgina ikki futbolchi — Xulio Salinas (28 gol) va Oskar De Paula (27 gol) eng yaxshi ko‘rsatkichga ega.
32 yoshli hujumchi joriy mavsumda klub uchun barcha musobaqalarda 31 uchrashuvda maydonga tushgan va 24 gol, 16 golli uzatmani amalga oshirgan.