Metropoliten kassalarida navbatda turish joningizga tegdimi?

  • 13:30 / 08.10.2019
  • 171

Toshkent metropolitenining oʻnta stansiyasida yoʻl haqini Humo kartasi bilan aloqasiz toʻlash imkoniyati paydo boʻldi. Bu haqida toʻlov tizimining Telegram-kanalida xabar qilindi. 

To‘lovni amalga oshirish uchun HUMO validatoriga karta bilan tegish kifoya.

Shuningdek, yaqin kunlarda HUMO validatorini boshqa metro bekatlariga ulash rejalashtirilgan.

Toʻlovni amalga oshirish uchun Humo validatoriga karta bilan tegish kifoya. Karta orqali toʻlovlarni quyidagi bekatlarda amalga oshirish mumkin:

- Buyuk Ipak Yo‘li (kirish KFC tarafdagi avtobus bekatidan)
- Amir Temur Hiyoboni (barcha kirish joylari)
- Mustaqillik Maydoni (barcha kirish joylari)
- Paxtakor (kirish Davlat konservatoriyasi tarafdan)
- Bunyodkor (kirish Xalqlar do'stligi saroyi tarafdan)
- Mirzo Ulug‘bek (kirish G‘. G‘ulom bog'i tarafdan)
- Chilonzor (kirish 9 qavatli binolar tarafdan)
- Beruniy (kirish Toshkent Milliy Universiteti va O‘zKo‘rgazmaSavdo tarafdan)
- Minor (kirish Moliya instituti yonidan) 
- Abdulla Qodiriy (kirish Oloy bozori markaziy pavilyoni yonidan)