Mexiko cho‘kmoqda. Ajdodlar xatosi uchun avlodlar tovon to‘lashyapti.

  • 11:21 / 11.09.2019
  • 2083

Eng avvalo, mazkur shaharning qanday paydo bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarga e’tibor qaratsak. 

Ispanlar Amerikaning bu qismini o‘zlashtirishni boshlaganlarida mazkur joyda allaqachon asteklar tomonidan qurilgan Tenochtitlan shahri mavjud edi. Amerikaning bu shahri Teksako tuz ko‘li bo‘yida joylashgan. Hindularning bu yerda ko‘priklar qurib, suvli maydonning bir qismini o‘zlashtirishi natijasida, yangi, sun’iy orollar paydo bo‘lgan. Ko‘l atrofidagi katta shaharda Tenochtitlanning yarim millionga yaqin aholisi tog‘ etagida yashab, dastlab hech qanday muammoga duch kelishmagan.

Роковая ошибка испанцев, которая привела к большим проблемам в современном Мехико

Lekin qit’adagi ispanlar Mexiko shahrining rivojlanishi haqida boshqacha fikrda. XVI asr boshlarida Tenochtitlan istilochilar tomonidan bosib olinib, vayron qilingach, uning xarobalari o‘rnida yangi shahar paydo bo‘lgan. Ammo, ispanlar Teskakoda sug‘orish ishlaridagi og‘ir mehnat sharoitida ishlashni istamagan. Shuning uchun ular oroldan qutilshga qaror qilishgan. Keyin esa Teskakoning yangi hududida Mexiko shahrini qurish ishlari boshlab yuborilgan. 

Роковая ошибка испанцев, которая привела к большим проблемам в современном Мехико

Biroq, bir necha asrlar avval muammolarni hal qilish uchun qurilgan shahar, bugun yangi muammolar qarshisida qolmoqda. Gap shundaki, shahar asta-sekinlik bilan cho‘kib borayapti. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, ko‘p joylarda tuproq darajasi XX asr boshidan buyon 9-11 metrga pasaygan. Sobiq ko‘l o‘rnida joylashgan ulkan megapolisdagi mavzelar va avtomobil yo‘llari tuproqqa ma’lum darajada bosim o‘tkazib, binolarning cho‘kishiga sabab bo‘laypti.

Роковая ошибка испанцев, которая привела к большим проблемам в современном Мехико

Vaziyatga yechim topish uchun faqat shaharning quyi qismida joylashgan yer osti gorizontlaridan suvni olib tashlash yechim bo‘lolmayapti. Deyarli har bir qadamda Meksika poytaxtidagi halokat izlarini uchratish mumkin. Tarixiy binolarning qulab tushgan qismlari, yorilgan yo‘llar, temiryo‘llardagi doimiy ta’mirlash ishlari bularga yaqqol misol bo‘la oladi. Shahardagi metro liniyasi esa muhandislarni qattiq tashvishlantirmoqda. 

Shaharda yer ostidan tortib olinayotgan suv cho‘kish muammosini yanada tezlashtirmoqda. Megopolis suv resurslarining qariyb 70 foizini yer osti manbalaridan oladi. Deyarli 10 millionga yaqin aholining suv manbai yer osti suvlari bo‘lib qolmoqda.

Роковая ошибка испанцев, которая привела к большим проблемам в современном Мехико

Endilikda binolar va shahar infratuzilmasi buzilishining oldini olish maqsadida suv resurslarini tejashga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Hozircha, suv iste’molini kamaytirish bu vaziyatdan chiqib ketishning yagona yo‘li bo‘lib turibdi. Buning uchun poytaxtda yomg‘ir suvini yig‘ish tizimi tashkil etilgan, lekin bu muammoni qisman hal qilishga yordam beradi, xolos.


Eslatib o‘tamiz, bundan avval Indoneziya poytaxti va yana bir qator shaharlarning ham cho‘kib borayotgani va aholiga jiddiy xavf solayotgani haqida xabar qilgandik.