Mikroto‘lqinli pechni tez va oson tozalash usullari

  • 14:51 / 14.01.2020
  • 331

Ertami-kechmi, baribir bir kuni mikroto‘lqinli pechni tozalashimiz kerak bo‘ladi. Shuning uchun oson va tez tozalash usullarini bilib olish hech birimizga zarar qilmaydi

Birinchi usul yengil kirlarni tozalashga yordam beradi. 
Buning uchun bizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
suv
mikroto‘lqinli pechga mos bo‘lgan chuqur idish;
gubka, sochiq yoki qog‘oz salfetka.

Idishga suv quyib, mikroto‘lqinli pechga ichiga qo‘ying. Pechni maksimal quvvat bilan 10-15 daqiqaga yoqiq qoldiring, shundan keyin eshikni yana bir necha daqiqa ochmang. Keyin esa pechdan idishni olib gupka yordamida kirlarni artib tozalab oling. Buni quyidagi video orqali ham ko‘rishingiz mumkin. 


Ikkinchi usulda mikroto‘lqinli pechni limon kislotasi bilan tozalaymiz

Bu usul o‘rtacha va qattiq kirlarni ketkazishga yordam beradi
Buning uchun bizga
mikroto‘lqinli pechga mos bo‘lgan chuqur idish;
2 stakan suv;
1-2 osh qoshiq limon kislotasi;
gubka, sochiq yoki qog‘oz salfetka kerak bo‘ladi. 

Idish ichiga suv soling va ustidan limon kislotasini soling, yaxshilab aralashtiring. Keyin esa idishni pech ichiga qo‘ying va mikroto‘lqinli pechning eng yuqori kuchlanishni 10 daqiqaga yoqing. 

Belgilangan muddat o‘tgach pech ichidan suvli idishni olib tashlab, kirlarni gubka yoki qog‘oz sochiq yordamida artib tashlang. 


Uchinchi usul. Endi mikroto‘lqinli pechni limon bilan tozalaymiz

Sitrus meva o‘rtacha kirlarni tozalash bilan birga yoqimsiz hiddan ham xalos bo‘lishga yordam beradi.

Demak, buning uchun bizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
Chuqur idishcha;
1-2 stakan suv;
1 ta limon
gubka, sochiq yoki qog‘oz salfetka.

Idishchaga suv quying va unga 1 dona limonni siqib suvini soling. Limondan qolgan po‘choqni ham kesib-kesib idish ichiga solib yuboring va suvni yaxshilab aralashtiring. Keyin esa idishni mikroto‘lqinli pech ichida 15 daqiqaga (yuqori kuchlanishni yoqqan holda) qoldiring. Kerakli vaqt o‘tgach pechni yana 5 daqiqa ochmay turing. Keyin esa uni ochib kirlarni shunchaki artib oling. Buni qanday amalga oshirilishini video orqali ham ko‘rishingiz mumkin.