Milliarderlarning eng qimmatbaho "o‘yinchoqlar"i (fotojamlanma)

  • 13:49 / 29.06.2017
  • 59287

Milliarderlar - bizga o‘xshagan odamlar...deyarli.

Katta miqdordagi mablag‘ga ega kishilar o‘z qiziqishlariga pul ayashmaydi - u hoh yaxta, hoh zamonaviy mashina yoki avangard san'at kolleksiyasi bo‘lsin. InsiderPro eng badavlat kishilarning noyob "o‘yinchoqlar"i haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.

 

Stiv Koenning 4 metrli akulasi

Xej-fond boshqaruvchisi Stiv Koenning san'at asarlari kolleksiyasi milliard dollarga baholanadi. 2004 yilda u formaldegidda konservalangan yo‘lbars-akula uchun 8-12 million dollar sarfladi - u "Yashovchining ongida o‘limning jismonan imkonsizligi" deb ataladi. Uning muallifi Demen Xerst - ingliz rassomi va ishbilarmoni. Biroq 2006 yilda akula (haqiqiy) chirib tusha boshlagan, Koen akulani almashtirish uchun Xerstga pul to‘lagan.

 

Ilon Maskning suv osti kemasi

2013 yilda Tesla rahbari Ilon Mask kimoshdi savdosida Lotus Esprit mashinasi ko‘rinishida ishlangan suv osti kemasini xarid qildi. Undan Jyeyms Bond haqidagi 1977 yilda ishlangan "Meni sevgan josus" filmida foydalanilgan. Bu "o‘yinchoq" ishbilarmonga 866 ming dollarga tushgan. Keyinchalik Mask uni "haqiqiy suv osti kemasi"ga aylantirmoqchi ekanini aytgan.

 

Mixail Proxorovning virtual chang‘i mashinasi

Rossiyalik milliarder Mixail Proxorov turli "o‘yinchoqlar"ga boy (200 million dollarga xarid qilingan basketbol jamoasi shular jumlasidandir). Ularning orasida noyob virtual chang‘i mashinasi ham bor. Proxorov o‘zining g‘aroyib qiziqishlari bilan mashhur. Bir kuni Proxorov prodyuserlik kompaniyasiga uning suv mototsiklidagi tryuklarini montaj qilib, shunga mos musiqa qo‘yish va film ko‘rinishida ishlashga buyurtma bergan.

 

Pol Allenning yaxtalari

Microsoft hammuassisi Pol Allenning Octopus nomli 126 metrli yaxtasi - dunyodagi eng yirik yaxtalardan biri. U ikki vertolyot, suv osti qayig‘i va ziyofatlar o‘tkazishga mo‘ljallangan ko‘plab maydonlarga ega. Milliarderning yana bir Tatoosh nomli yaxtasi bo‘lib, uning parametrlari biroz kichikroqdir.

 

Pol Allenning samolyotlar kolleksiyasi

Allen shuningdek qadimgi harbiy samolyotlar kolleksiyasiga ham ega. Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur kolleksiya millionlab dollarlarga baholanadi. U Vashington shtati, Everett shahridagi "Tarixiy aviatsiya kolleksiyasi" muzeyida saqlanadi.

Kolleksiya eksponatlaridan biri — MiG-29 amerikalik qiruvchilarga qarshilik ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarilgan.

 

Stiven Spilbergning "Fuqaro Keyn" filmi rekviziti

Sti­ven Spil­berg o‘z blokbasterlarida foydalangan buyumlaridan kolleksiya to‘plashi ham mumkin. shunday bo‘lsa-da, u 1982 yilda Sotheby's kimoshdi savdosida Orson Uellsning "Fuqaro Keyn" filmi (1941 yil)da qo‘llangan Rosebud bolalar chang‘isini 60 ming dollarga sotib olgan.

 

Leonardo da Vinchining Bill Geyts tomonidan qo‘lga kiritilgan qo‘lyozmasi

Geyts — mutolaa qilishni yaxshi ko‘rishi bilan ham mashhur. Uning uyida noyob kitoblar bilan to‘ldirilgan ulkan gumbazli kutubxona mavjud. Ma'lumotlarga ko‘ra, Geyts hatto noyob asarlar kolleksiyasini tuzish bo‘yicha mutaxassis yollagan. Leonardo da Vinchining "Lester kodeksi" kutubxona gavhari hisoblanadi. Geyts 1944 yilda XV asrga tegishli ushbu qo‘lyozmani 30,8 million dollarga xarid qilgan. "Lester kodeksi" Da Vinchidan keyin saqlanib qolgan 30 asarning eng mashhuridir.

 

Richarda Brensonning suv osti kemasi

Virgin Group asoschisi 0,3 kvadrat kilometr maydonli Neker oroliga ega - unda 30 kishiga mo‘ljallangan hashamatli kurort bunyod etilgan. Suzish havzasida cho‘milib charchagan mehmonlar Brensonning Necker Belle nomli yaxtasida sayrga chiqishlari va Necker Nymph nomli suv osti kemasida dengiz tubini o‘rganishlari mumkin.

 

Larri Ellisonning Havayi oroli

Noyob "o‘yinchoqlar"ning bosh kolleksionerlaridan biri — Oracle rahbari Larri El­li­son. U katta ko‘chmas mulk portfelidan tashqari o‘ta qudratli avtomobillar va harbiy samolyotlarga ham ega. 2012 yilda milliarder Lanay orolining 98 foizi uchun 300 million dollardan ortiq pul to‘ladi (qolgan 2 foizi AQShning davlat mulki hisoblanadi). Larri u yerda barqaror ekotizim modelini o‘rnatishni rejalashtirmoqda.

 

Larri Ellisonning yaxtasi

Bundan tashqari, Ellison 88 metrli yaxtaning egasi hamdir. U XVI asrning mashhur yapon askari sharafiga Musashi deb nomlangan. Kema mehmonlariga ikki kayuta taqdim etiladi - superlyuks va basketbol maydoni.

 

Marka Kyubanning yaxtasi

Investor Mark Kyubanning 88 metrli Fountainhead yaxtasi Ellisonning Musashi'si modeli bilan bir xil. Yaxtalar tashqi ko‘rinishidan deyarli bir xil ko‘rinadi, lekin ichki dizayn borasida Kyuban nisbatan qadimiy motivlarni afzal ko‘rgan.

 

Mark Kyubanning samolyotlari

Kyuban shuningdek uch xususiy samolyotga ham egalik qiladi, bular - Gulfstream V, Boeing 757 va Boeing 767. U 1999 yilda internet orqali Gulfstream'ni xarid qilganida bu bitim Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgandi. Unga qadar hech kim 40 million dollardan ortiq qiymatli onlayn-xaridni amalga oshirmagan.

2010 yilda u Wall Street Journal'ga bergan intervyusida izoh bergan: "Endi do‘stlar va qarindosh-urug‘larga vaqtim ko‘proq, ishimda ham ko‘proq natijalarga erishyapman, oilam bilan qulay sayohat qilishim ham mumkin. Bu maishiy hayotimning yaxshi tomonga o‘zgargani deb bilaman".

 

Erik Shmidtning yaxtasi

Google direktorlar kengashi raisi Erik Shmidt Oasis nomli 60 metrli yaxtaga egalik qiladi. U kemani haftasiga 400 ming dollarga ijaraga beradi. Yaxta mehmonlari suzish havzasi, suv mototsikllari va raqs maydoniga aylanuvchi mashg‘ulotlar zalida vaqtlarini chog‘ o‘tkazishlari mumkin.