“Milliy bank” isloh qilinadi 

  • 10:33 / 03.12.2019
  • 26

30-noyabr kuni O‘zbekiston  Prezdentning “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” unitar korxonasini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 2-dekabr kuni UzA’da O‘zbekiston Presidentining mazkur qarori e’lon qilindi. 

Qarorga ko‘ra “Milliy bank” AJ ta’sischilari yetib Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi belgilandi.

Shuningdek, quyidagilar “Milliy bank” AJ faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilandi:

– xorijiy kredit liniyalari, xalqaro kapital bozoridagi resurslar, xorijiy investorlar mablag‘larini jalb qilish orqali iqtisodiyotning ustuvor sektorlarida yirik investitsion loyihalarni faol ravishda kreditlash; 

– xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligini oshirish uchun innovatsion moliyaviy mahsulotlarni joriy etish; 

– kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlarini, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat masalalarida moliyaviy maslahatlar berish va axborot ko‘magini ko‘rsatish; 

– aholiga chakana bank xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda bank xizmatlarining yangi turlarini joriy etish; 

– birinchi navbatda milliy valyutadagi uzoq muddatli mablag‘larni safarbar qilish hisobiga bank faoliyatini moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish; 

– savdo-eksport moliyalashtirish biznesi mahsulotlarini rivojlantirish va uning geografiyasini kengaytirish, shuningdek, respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, eksport qiluvchilarga konsalting xizmatlarini taqdim etish; 

– korporativ mijozlarga investitsion banking, jumladan, ichki va tashqi bozorlarda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish.