Milliy seriallar uchun har yili 12 mlrd so‘mgacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratiladi

  • 10:31 / 08.04.2021
  • 55

Milliy seriallar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun respublika miqyosida faoliyat yurituvchi telekanallarga Kinematografiya agentligi tomonidan har yili 12 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda subsidiya mablag‘lari ajratiladi. 

Bunda:
–  subsidiya olish uchun talabgor telekanal serial ijodiy loyihasini Agentlikka taqdim etadi;
–  Agentlik Badiiy kengashi serialning mazmun-mohiyati, mavzusi, telekanal auditoriyasi va reytingini hisobga olgan holda subsidiya mablag‘lari ajratiladigan telekanallarni aniqlaydi;
–  subsidiya oluvchi telekanal seriallar byudjetining kamida 50 foizini o‘z mablag‘lari hisobidan qoplashi lozim.

Shuningdek, prezident farmoniga ko‘ra, Agentlik uch oy muddatda milliy seriallar ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda davlat dasturini ishlab chiqadi va Hukumatga kiritadi.