Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi

  • 14:41 / 20.09.2021
  • 155

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.

Matbuot kotibining xabar berishicha, Prezident joriy yil 21-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan tadbirda vedeokonferensaloqa shaklida ishtirok etadi va sessiyaning birinchi kunidayoq yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarda nutq so‘zlaydi.
Shuningdek, Sherzod Asadov joriy haftada Prezidentning ish rejasi bilan ham tanishtirib o‘tdi. 

Unga ko‘ra, bugun Prezident huzurida qator ob’yektlar qurilishiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tadi. Taqdimotda Yangi onkologiya markazi, Milliy kutubxona va "Yangi O‘zbekiston" universiteti binolari loyihalari ko‘zdan kechiriladi.