Miya gigiyenasi: intellektni formada saqlashning 5 usuli

  • 17:04 / 14.05.2019
  • 560

Olimlar miyangiz kuchini mustahkamlash, yangi hujayralarni ishlab chiqarish va olamga tetik hamda o‘tkir nigohni saqlashning oddiy usullari haqida hikoya qilishadi.

Tibbiyot yutuqlari sababli odamlar uzoq umr kechirishni boshlashdi. Shuning uchun miya vaqt o‘tishi bilan o‘z formasini saqlashi uchun ko‘proq harakat qilishimiz kerak. Hayot davomiyligining uzayishi aqliy buzilishlarga olib kelishi aniq bo‘lmasa ham prognozlarga ko‘ra, Alsgeymer kasalligining o‘zi 2025 yilga kelib 7 million nafar keksalarga ta'sir qiladi.

Omadni qarangki, ilg‘or texnologiyalar miyaning qanday ishlashi, u nimaga reaksiya qilishi va uni qanday o‘rgatish kerakligini tushunishda yordam berdi. Masalan, antioksidantlarga boy mahsulotlar, chernika, karam va yong‘oq miya uchun foydali ekanini bilamiz.

Yoshingiz nechada bo‘lishidan qat'i nazar, quyidagi beshta oddiy usulni qo‘llab ko‘rishingiz kerak. Olimlarning fikriga ko‘ra, ular miyada yangi hujayralar ishlab chiqarilishi, yangi neyron yo‘llar shakllanishi, anglashni yaxshilashda yordam beradi.

Foto: 500px

1. O‘zingizni kichik yutuqlar bilan tabriklang

Muvaffaqiyatning qanchalik tez-tez sodir bo‘lishi uning masshtabiga qaraganda ko‘proq ahamiyatga ega. Shuning uchun o‘zingizni tabriklash uchun katta yutuqlarni kutmang, deydi Stenford rag‘bat texnologiyalari laboratoriyasi direktori Bi Jyey Fogg. Buning o‘rniga o‘zingiz uchun kundalik bayramlar o‘ylab toping; miyangiz haqiqiy muvaffaqiyat bilan ana shunday ko‘rinayotgan holat o‘rtasidagi tafovutni farqlamaydi.

2. Jismoniy faol bo‘ling

Nevrolog Etena van der Uoltning fikriga ko‘ra, jismoniy faollik miya salomatligini yaxshilashning eng yaxshi usullaridan.

Mashq qilganimizda yurak urish sur'ati ortadi, kislorod miyaga tezroq yetib boradi va miyaning yangi hujayralari tezroq rivojlanadi. Miya hujayralari qanchalik tez ishlab chiqarilsa, ularga yangi neyron yo‘llarini rivojlantirib, o‘zaro hamkorlik qilish osonroq kechadi. Oxir-oqibat miyamiz samarali va moslashuvchan bo‘ladi. Bu esa aqliy ishchanlikni anglatadi.

Faollikka qaror qilgan bo‘lsangiz, ko‘proq harakat qiling.

Foto: 500px

3. Miyangizni mashq qildiring

Miyani ishlatmasangiz, u ham tananing boshqa organlari kabi o‘z ishchanligini yo‘qotadi. Yangi til, yangi musiqa asbobida chalishni o‘rganish yoki hatto jonglyorlik ham yaxshi mashqlar hisoblanadi.

O‘zining tushunish mahoratini yaxshilash uchun yozuvchi Jyeyms Altucher har kuni yangi g‘oyalar yozishga harakat qiladi. Muhimi, 10 ta yangi g‘oya yozish.

4. To‘g‘ri o‘tiring

Butun dunyodagi onalar bolalarni to‘g‘ri o‘tirishga undaydilar. Vertikal holat nafaqat quvvat darajasini va umumiy kayfiyatni yaxshilaydi, balki ishonchni ham oshirar ekan. 2013 yilda Garvard professori Emi Kaddi va uning hamkasbi Maarten Bos tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari buni tasdiqlagan.

Kuchsiz, qiyshiq holdagi tana holati miyani ishonchsizlik holati, depressiv xotiralar va fikrlarga moyil odamga aylantiradi.

Foto: 500px

5. Tunda telefonni uzoqqa olib qo‘ying

Smartfonning miyaga ta'siri borasida ko‘plab rost va yolg‘on fikrlar mavjud. Bu borada hali ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilishi lozimligiga qaramay, elektron ekranlardan chiqadigan ko‘p nur va uyqu o‘rtasida bog‘liqlik mavjudga o‘xshaydi.

Massachusets texnologik instituti katta o‘qituvchisi  Svartning so‘zlariga ko‘ra, miyaning tabiiy tozalanish tizimi olti soatdan sakkiz soatgacha vaqtni talab etadi. Busiz miya oxir-oqibat beta-amiloid yirik to‘plamlariga duch keladi.

Olimlar miya ham tana kabi chiqindilardan xalos bo‘lishini har doim bilishgan bo‘lsa-da, ushbu tozalash tizimining murakkabligi 2013 yildagina tadqiq etildi. Unda chuqur uyqu vaqtida miyada ochiladigan «yashirin g‘orlar» aniqlandi. Suyuq tozalash tizimi «glifmatik tizim» nomini olgan bo‘lib, ko‘plab miqdordagi neytroksinlarga umurtqa ustuni orqali singish imkonini beradi.

Aqlli qurilmalarni qanchalik uzoqda saqlash lozim? Ishonchimiz komil emas. Biroq Svart boshning oldiga qo‘yilmasa bo‘ldi deydi.

Oxir-oqibat, miya salomatligini qo‘llab-quvvatlash iroda qudratini talab etadi. Biroq tadqiqotlar kichik harakatlar bilan ham uni saqlash mumkinligini ko‘rsatgan.

Teglar