Miyangiz dam olishi kerakligini anglatuvchi 5 ta belgi  

  • 11:45 / 14.08.2019
  • 2013

Samarali natija va yuksak choʻqqilarni zabt etish sizdan doimo faollikni talab etadi. Ya’ni, miyaning ish faoliyati maksimal darajada boʻlishi lozim. Oxirgi ishlatilgan kuch esa muvaffaqiyatdan ko‘ra koʻproq stressga olib keladi. Demak, o‘z vaqtida olingan hordiq sizning ishchanligingizni va mehnatingiz samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ammo siz dam olish vaqtingizni qanday belgilaysiz?

Dam olish vaqti kelganini qanday bilish mumkin? Bunda nimalarga e’tibor qaratiladi?

Birinchidan, agar siz hayotning salbiy tomoniga tobora koʻproq e’tibor qaratayotgan bo‘lsangiz va yomon xotiralar, noxush oʻylar hamda pessimistik qarashlar haddan tashqari kuchaya boshlasa;

Ikkinchidan, agar siz tez-tez kasal boʻlayotganingizni sezsangiz. Charchoq immun tizimining tushib ketishiga olib keladi va buning oqibatida turli kasalliklar organizmga hujumga o‘tadi;

Uchinchidan, bu uyqu buzilishi bilan ham bogʻliq. Ajablanarlisi shundaki, qattiq charchagan odam darhol uyquga keta olmaydi. U butun tunni oʻylab, sodir boʻlgan voqealarni tahlil qilib o‘tkazadi. Asosan, bu oʻylar salbiy boʻlib, miyaning zoʻriqishiga olib keladi;

Toʻrtinchidan, agar siz befarqlikni his qila boshlasangiz, yaʼni ilgari qiziqqan mashgʻulotlaringizga befarq boʻlib qolgan boʻlsangiz.

Beshinchidan, agar oʻzingizga qaramay qoʻygan boʻlsangiz. Misol uchun, uzoq vaqt davomida siz tish yoki koʻz shifokoriga tashrif buyurmagansiz,  sport bilan shugʻullanishni, hatto xarid qilishni ham xohlamay, jamoadan uzoqlashayotgan boʻlsangiz; 

Bular - sizni dam olishingiz kerakligidan darak beradi!

Teglar