MMA’ning eng kuchli jangchilari reytingi e’lon qilindi. Habib hamon peshqadam

  • 10:17 / 20.05.2020
  • 186

ESPN telekanali aralash janglar (MMA) yakkakurashchilarining yangilangan reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, yengil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedov hamon reyting peshqadami bo‘lib turibdi.

Ikkinchi o‘rinni o‘rta og‘ir vazn toifasi chempioni Jon Jons egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni ikki vazn toifasi chempioni Genri Sehudo yakunlagan.

UFC 249 musobaqasida Toni Fergyusonni nokautga uchratgan Jastin Getji  ilk bor reytingda qayd etildi. Mutaxassislar uni 10-o‘ringa loyiq ko‘rishgan.

Ilgari oltinchi o‘rinni egallagan Fergyuson esa reytingdan chiqib ketdi. Bu kuchli o‘ntalikdagi yagona muhim o‘zgarish hisoblanadi. 

MMA’ning erkaklar o‘rtasida vazn toifasidan qat’i nazar eng kuchli jangchilari reytingi:

1. Habib Nurmagomedov (28–0);
2. Jon Jones (26–1);
3. Genri Sehudo (16–2);
4. Stipe Miochich (19–3);
5. Daniel Kormye (22–2);
6. Israel Adesanya (19–0);
7. Kamaru Usmon (16–1);
8. Demetrius Jonson (30–3–1);
9. Aleksandr Volkanovski (21–1);
10. Jastin Getji (22–2).