Mobil telefonlar yo‘qolish xavfi ostidami?

  • 06:26 / 18.02.2019
  • 3762

«Olimlar yo‘qolish xavfi mavjud bo‘lgan kimyoviy elementlar ro‘yxatini tuzishdi. Ulardan ayrimlari biz har kuni foydalanadigan qurilmalarni ishlab chiqarishda ishlatiladi», - deya xabar bermoqda Daily Mail.

Nashr ushbu elementlar orasida galliy, margimush, ittriy va kumush mavjudligini aytmoqda.

«Olimlar tomonidan ishlab chiqilgan davriy jadvalda 90 ta tabiiy elementni uchratishning takrorlanishi qayd etilgan bo‘lib, ulardan taxminan 30 tasi mobil telefonlarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi», - deyiladi maqolada.

«Hisob-kitoblarga ko‘ra, har oyda faqat YeIning o‘zida  taxminan 10 mln dona  smartfon tashlab yuboriladi. Olimlar ayrim elementlarning yetishmovchiligi ortib borishidan xavfsiramoqda, bu yetkazib berishning cheklanganligi, moddalar zaxiralari mojaroli hududlarda joylashgani yoki to‘liq  qayta ishlash imkoniyatining mavjud emasligi bilan bog‘liq», - deyiladi maqolada.

Ushbu jadval 160 mingdan ortiq kimyogarlardan iborat Yevropa kimyogarlar jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu ishning maqsadi – jami 90 ta elementni olish imkoniyati va nozik jihatlarini o‘rganishdan iborat. U Yevropa parlamenti yig‘ilishida britaniyalik parlamentariy-leyboristlar Ketrin Stiler va Kler Mudi tomonidan namoyish etilgan.

“Hayratlanarlisi, dunyodagi jami narsalar 90 ta tarkibiy qismga ega, tabiatda uchraydigan 90 ta kimyoviy elementdan iborat”, - deya ma'lum qildi professor Devid Koul-Gamilton. – Har bir elementning muayyan miqdori mavjud, ulardan ayrimlarini shu qadar tez sarflayapmizki, ular butun dunyoda 100 yildan kamroq vaqt davomida yo‘qoladi. Ushbu elementlarning ko‘pchiligi xavf ostida ekan, nima uchun telefonlarni har ikki yilda almashtirish kerak?

Zamonaviy olamda faol tarzda qo‘llaniladigan (mobil telefonlarni ishlab chiqarishda emas) elementlardan biri bu – geliy. Professor Devid Koul-Gamilton odamlarni geliy to‘ldirilgan havo pufaklarini bayramlar vaqtida atmosferaga uchirmaslikka chaqirdi. Chunki aynan shu gaz MRT-skanerlash va chuqur suvlarga sho‘ng‘ish uchun talab etiladi.

Geliy ishlab chiqarishning kimyoviy usuli mavjud emas, deya yetkazmoqda nashr. Geliy zaxiralaridan hozirgidagi kabi foydalanishda u 10 yilgagina yetadi deya qo‘shimcha qilgan.

Mobil telefonlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan moddalarni yanada samarali qayta ishlab chiqarishsiz tez orada ularni yaratish imkonsiz bo‘ladi, deya qo‘shimcha qilgan u.

Professorning so‘zlariga ko‘ra, smartfon va televizion ekranlar uchun foydalaniladigan indiy zaxiralari, shuningdek optik tolalar ishlab chiqarilishi 20 yildan keyin tugab bitishi mumkin.

“Eng avvalo mobil telefonlar miqdorini qisqartirishimiz lozim. Birlashgan Qirollikning o‘zida har oy 1 mln dona telefon almashtiriladi. Ikkinchidan, batareyani almashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishimiz lozim, ana undan keyin ichidagi barcha elementlarni qayta ishlay olamiz, bundan tashqari, ishlab chiqarishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan boshqa moddalarni izlashimiz lozim”, - deya ma'lum qildi u.

Teglar