Muddati o‘tgan elektr hisoblagichlar yuzasidan Energetika vazirligi izoh berdi

  • 11:54 / 01.02.2020
  • 281

Ijtimoiy tarmoqlarda “01.02.2020-yil kunidan boshlab xonadonlarning elektr hisoblagichlarini davlat qiyoslash dalolatnomasi bo‘lmagan holda me’yor hisobida olinadi”, degan mazmundagi e’lon tarqatila boshlandi. Energetika vazirligi ushbu holat yuzasidan izoh berdi.
"Bu noto‘g‘ri xabar bo‘lib, bu kabi tasdiqlanmagan xabarlarga e’tibor bermasligingizni, shuningdek, agar shunaqa holatlar kuzatilganda zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishingizni so‘raymiz" deyiladi vazirlik bergan izohda.