Muhammad Alining nabirasi bobosi kabi chempion bo‘lmoqchi

  • 08:25 / 03.08.2016
  • 5513

3 iyunda AQShda 74 yoshida vafot etgan afsonaviy bokschi Muhammad Alining nabirasi Niko Ali Uolsh bobosining boksdagi faoliyatini takrorlamoqchi, deb xabar bermoqda FOX Spors.

"Bobom mening boks qilishimni istagan. U tushimda yonimga keldi va men uning yo‘lini bosib o‘tishimni istayotganini his qilmoqdaman. Men ko‘p mashg‘ulot qilib, yaxshi jismoniy tayyorgarlikda qolmoqchiman hamda Ali familiyasi yana boks reytinglarining eng yuqorisida bo‘lishi uchun barcha ishni amlaga oshirmoqchiman", deb aytdi bokschi nabirasi.

Teglar