Multfilmlarda aks etgan 11 ta haqiqiy joy

  • 12:58 / 13.08.2019
  • 1209

Ko‘pchiligimiz multfilm tomosha qilib, ertaklar tinglaganimizda tasvirlanayotgan olam ichiga tushib qolgimiz keladi. Buni qarangki, istagimizni qisman bo‘lsada amalga oshirishimiz mumkin ekan. Chunki ekranlarda namoyish etiladigan ertaklar rostdan ham haqiqiydir. Ha, siz dunyoda sehrli sochli qizni yoki qurbaqa shahzodani topolmasligingiz aniq. Ammo sizda ular borgan joylarga tashrif buyurish imkoniyati mavjud.

Tlum Runing multfilmlardagi 11 ta sehrli joylarning aslida haqiqiy hayotimizda mavjudligini aniqladi.

1.“Muzyurak” –Hotel-de Glass Kvebek, Kanada

Картинки по запросу 11 РЕАЛЬНЫХ МЕСТ ИЗ МУЛЬТФИЛЬМОВ

Elza tomonidan yasalgan muz qal’asiga kira olamasligimiz aniq. Ammo multfilm ijodkorlari ushbu qasrni yaratishda Kanadada joylashgan g‘ayrioddiy mehmonxonadan ilhomlanishganini bilarmidingiz?

Eng xushmuomala xalqlardan birining hududida joylashgan haqiqiy muz uylari tomoshabinlar Anna va Elzani tanishlaridan ancha oldin yaratilgan. Saroy bezaklari yildan-yilga osonlik bilan o‘zgarib tursa ham sayyohlar uchun mehmonxona yanada go‘zal va qiziqarli bo‘lib boraveradi.

2.“Lilo va Stich” – Kauai oroli, Gavay orollari, AQSh

Sharsharali vodiyda joylashgan Xanapepa shahri Liloning ona shahriga aylangan Kokayaning haqiqiy prototipidir. Gavay orollarida joylashgan mazkur shaharga faqat Lilo yoki Stichni topish uchun borishingiz shart emas. Yaxshisi, u yerdagi haqiqiy go‘zal manzaralardan bahra olish uchun boring.

3.“Imperatorning sarguzashtlari” Machu Pikchu, Kusko, Peru

Imperator Pacho hayoliy obraz hisoblanadi. Ammo multfilmda tasvirlangan ajoyib manzara dunyodagi eng mashhur joylardan biri. Svilizatsion shahar Machu Pikchu, “Imperatorning sarguzashtlari” multfilmidagi turar-joy prototipiga aylangan. Uni yaratishda ijodiy guruh diqqatga sazovor joylarni tamosha qilib yurib, shunchaki biror bir chiroyli manzara tanlamoqchi bo‘lishmagan, balki haqiqiy go‘zallikni yurakdan his qilishni istashgan. Natijada yo‘lning o‘zi ularni izlagan manzillariga yetkazadi. Ijodkorlar oxiri 2430 metr balandlikda joylashgan tog‘ni tanlshadi.

4.“Tachka” – U-Drop Inn, Shamrok, Texas, AQSh

Sarguzasht izlayapsizmi? Unda safarga chiqing! Ijodiy guruh bu safar aynan shunday qilishdi. Bu safar gap Pixar haqida ketmoqda. Mamlakat bo‘ylab mashinada sayr qilishning gashti o‘zgacha, albatta. Multiplikatorlar Tesla elektromobillari uchun haqiqiy benzin quyish shahobchasini ham chizishgan.

5.“Sohibjamol va maxluq” –Elzas, Fransiya

Fransiyaning Elzas viloyatidagi tor ko`chalarda joylashgan tarixiy, bir xil shakldagi uylar orasida siz haqiqiy ertakka tushib qolasiz. Bu yerda “Sohibjamol va maxluq” multfilmidagi ajoyib tabiat manzaralaridagi g‘aroyib ko‘priklarni uchratish mumkin. Agar fransuz tilini bilmasangiz, o‘zingiz bilan lug‘at olishni unutmang. Ajoyib maskanlarda o‘zingizni huddi Bellga aylanib qolgandek his qilasiz, yoki multfilmni umuman unutib, haqiqiy go‘zallik olamida hayolot olamiga g‘arq bo‘lasiz.

6.“Qurbaqa va Malika” –Luizana, AQSh

U yerda qiziqarli joylarni qiynalmay topish mumkin. Ammo ehtiyot bo'ling, Luizana shtati o‘zining yashil va go‘zal tabiati va botqoqlardagi qo‘rqinchli hayvonlari bilan ham mashhur. U yerda timsohdan tortib tishli toshbaqalarni ham uchratish mumkin. Aynan ular "Malika va qurbaqa" multfilmidagi epizodik qahramonlar sifatida rol o‘ynashgan. Agar sehrli va g‘aroyib bo‘lgan bu joyga borishni o‘ylayotgan bo‘lsangiz, xavfli vaziyatlarga tayyor turing. O‘zingiz bilan maxsus qo‘llanmani olish esa esingizdan chiqmasin.

7.“Ralf” – Markaziy vokzal, Nyu-York, AQSh

Nyu-Yorkning markaziy vokzalida “Ralf” multfilmi qahramonlarini ko‘rib barcha qahramonlar animatorlarning fantaziyalaridan kelib chiqib yaratilmaganini bilib olasiz. Mazkur tarixiy maskan Manxettenning markazida joylashgan eng qadimgi va eng mashhur poezd stantsiyasidir. Bu yerga kelib, multfilmdagi o‘yinlarga qatnasha olmasangiz ham atrofning go‘zal manzarasidan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

8.“Atlantida: Yo‘qotilgan dunyo” - Ankor-Vat vodiysi Ankor, Kombodja,

Kombodjaga sayohat: “Atlantika: Yo‘qotilgan dunyo” multfilmidagi animatsion kadrlar shu yerda jonlantirilgan

Kombodjaga sayohat davomida siz o‘zingizni huddi ertakka tushib qolgandek his qilasiz. Aynan Angkor mintaqasining Angkor-Vat viloyatida Hind ma’budlarining haykallari joylashgan vodiy sizda shunday tasavvur uyg‘otadi. Darvoqe, “Atlantika: Yo‘qotilgan dunyo” multfilmidagi animatsion kadrlarning aksariyat qismi ham mahoratli animatsiya ustalari tomonidan shu yerda jonlantirilgan.

Multfilm cho‘kib ketgan yunon oroli haqida ekanligi uchun ijodkorlar aynan shu yerni tanlashgan. Chunki bu yerning ko‘rinishi avvalgi svilizatsiya markazlariga o‘xshash. Multfilm haqiqiy chiqishi uchun ijodkorlar bu yerning ko‘rinishiga biroz o‘zgartirishlar kiritishgan.

9.“Gerkules” – Epidavrdagi teatr, Peloponnes shimoli sharqi, Gretsiya

“Gerkules” multfilmida haqiqiy tarixiy joyni ko‘rishingiz mumkin. Qadimgi Yunoniston davrida juda noyob tarzda qurilgan teatrlar bo‘lib, ular juda ko‘p tomoshabinlarni o‘z bag‘riga sig‘dira olgan. Ammo ular hozirgi tomosha zallaridagi kabi ko‘p odam yig‘ilishini maqsad qilishmagan. Ular uchun eng muhimi aktyor ovozi bo‘lgan. Aktyorlar mikrafondan foydalanishmagan lekin ovozlari eng oxirgi qatorda o‘tirgan tomoshabinga ham yetib borgan. Bunda ularga pastdan tepaga qarab maxsus toshdan qurilgan tomoshabin o‘rindiqlari yordam bergan.

10.“Pakahonts” – Jeymstaun Verjiniya, AQSh,

“Pokaxonts” multfilmini hammamiz sevib tamosha qilganmiz. Buni qarangki, mazkur filmdagi joylarni animatorlar AQShning Verjiniya shtatida joylashgan Jeymstaun shahridagi dengiz ko‘rfazlaridan ilhomlanib yaratgan ekan.

“Muzyurak” – Muqaddas Olaf cherkovi, Balestranad, Norvegiya

Bu filmning ikkinchi qismida rostmana mavjud bo‘lgan ob’yektlardan ko‘proq foydalanilgan. Ulardan biri Balestrandagi muqaddas Olaf chekovi. Cherkov tarixi biroz achinarli: cherkovni qurdirayotgan angliyalik xudojo‘y malika Margarit Grin mazkur joy tayyor bo‘lishidan avval vafot etgan. Shunday qilib, sehrli maskanlar doim oz tashrif buyuruvchilarini nimasi bilandir o‘ziga tortib kelgan. Endi esa qayerga borishni tanlash o‘z qo‘lingizda.