Musiqa ishtaha va xaridlarimizga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  • 13:20 / 23.09.2019
  • 460

Janubiy Florida Universiteti tadqiqotchisi Dipayana Bisvas rahbarligi ostida 2019-yilda o‘tkazilgan qator tadqiqotlar –  ovqat tanlash bilan birga, ayni damda tinglayotgan musiqamizning aloqasini topish imkonini berdi. Avvalambor, bugungi kunda fondagi musiqa va tabiiy shovqin yaratadigan “savdo muhiti”ning ahamiyati o‘sdi. Bu muhim omil an’anaviy savdo-sotiq bilan onlayn-shoppingni bir-biridan ajratdi.

Biz intuitiv tarzda his qiladigan narsani olimlar ilmiy jihatdan isbotlashdi: taom tanlayotganimizda bizning ongostimizga turli triggerlar ta’sir qiladi: reklama va balanslashgan oziqlanish haqidagi tavsiyalardan tortib, bu axborotlarning qanday uzatilishigacha. Hidlar, yorug‘lik, restoran dekori va hatto, likopcha hamda hisob papkasining rangigacha – muhim omillar ekanligi aniqlandi. Shuningdek, har qanday jamoat joyida mavjud bo‘lgan narsa – musiqa ham katta ahamiyatga ega.

Tovush, stress va oziqlanish

Bisvasning jamoasi mahsulot tanlashimizda fondagi musiqa va tabiiy shovqinning ta’sir ko‘rsatish effektini o‘rgandi.  
Ma’lum bo‘ldiki, sokin tovushlar sog‘lom ozuqani, baland tovushlar esa – nosog‘lom ozuqani tanlashga sabab bo‘larkan. 

Kuzatishlarga ko‘ra, baland tovushgli musiqa ta’sirida paydo bo‘lgan organizmdagi yuqori qo‘zg‘alganlik darajasi odamlarni tarkibida ko‘p yog‘ va energiya bo‘lgan, ammo unchalik foydali bo‘lmagan mahsulotlarni sotib olishga undaydi. 
Baland musiqa stressni oshiradi, bu esa nosog‘lom mahsulotlarni tanlashga turtki bo‘ladi. Umuman olganda, odam qayg‘u chekayotganida yoki jahli chiqqanida, o‘ziga nisbatan nazoratni yo‘qotadi hamda ichki taqiqlar zaiflashadi. Natijada, nosog‘lom ozuqani tanlaydi. Ko‘pchilik uchun ko‘p yeyish stress bilan kurashish yo‘lidir. 

Aksariyat joylarda musiqaning balandligini hisobga olgan holda, bu ma’lumot sog‘lom turmush tarzi yurituvchilar uchun muhim bo‘ladi. Ammo, buni bilishning o‘zi kamlik qiladi, o‘zini nazorat qilishni ham kuchaytira olish kerak. 

Umumiy ovqatlanish joylaridagi musiqa ovozi yildan-yilga balandlashib bormoqda. Bisvas o‘z hamkasblari bilan buning ham isbotini topishdi. Masalan, Nyu-Yorkda 33 foizdan ko‘proq joyda musiqaning ovozi shunchalik baland ediki, xodimlarning ish vaqtida qulog‘iga maxsus tiqinlar qo‘yishi haqidagi qonun loyihasi paydo bo‘ldi. Aynan shu holatni tadqiqotchilar fitness-markazlarda ham kuzatishgan. 

Qizig‘i shundaki, Yevropada teskari jarayon ketmoqda – savdo markazlarida musiqa tovushi pasayib boryapti.