Mutaxassislar issiq havo koronavirusga ta’sir qilmasligini ma’lum qildi

  • 09:40 / 26.03.2020
  • 1161

Iqlim sharoiti koronavirus tarqalishiga ta’sir qilmaydi. Bu haqda RIA Novosti Il Giornale nashriga tayanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, italiyalik virusolog Roberto Burioni yozda issiq havo tufayli pandemiya pasayishi mumkin degan qarashni yo‘qqa chiqardi.

Mutaxassis ayrim davlatlar tomonidan joriy etilgan cheklov choralari virus bilan kurashda samarali ekanligini ta’kidlagan. 

Uning fikricha, issiq havo boshlanishi bilan nafas yo‘llari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kasalliklarini yuqtirish holatlari kamroq qayd etiladi. Havoga tushgan tupuk zarralari tezroq bug‘lanib ketadi, lekin buning koronavirus pandemiyasiga ta’sir qilishi dargumondir.

Milan, Rim va Kte-Peskara universitetlari olimlari ham shunga o‘xshash xulosaga kelishgan. Ular Uxan hamda Italiyaning Lombardiya va Veneto shaharlarida COVID-19’ga chalingan odamlar sonini solishtirishdi, bu hududlarda iqlim sharoiti va kasallanganlar soni o‘rtasida hech qanday bog‘liqlikni topishmadi.

Shuningdek, mualliflar infeksiyaga qarshi kurashish uchun issiq haroratning foydasi haqidagi afsona koronavirusni antipik pnevmoniya bilan taqqoslash natijasida paydo bo‘lganligini ta’kidlashgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, antipik pnevmoniya 2002-yil oxirida boshlanib, 2003-yil iyul oyida yakunlangan. Ammo o‘sha epidemiyani hozirgisi bilan taqqoslash mumkin emas.